OFK Prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyuradi
12 sen 2019 21:12
Yangiliklar


OFK Prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa Toshkentga tashrif buyuradi
O'zbekiston futbol associaciyasi taklifi bilan 15 sentyabr kuni SHayx Salmon bin Ibrohim al Xalifa O'zbekistonga tashrif buyuradi.
Osiyo Futbol Konfederaciyasi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi o'rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish, o'zaro ishonch va munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu tashrif davomida SHayx Salmon yurtimiz futbolidagi islohotlar va kelajakdagi rejalar bilan yaqindan tanishadi.
Xabaringiz bor, ertadan poytaxtimizda Markaziy Osiyo futbol associaciyasi tomonidan o'tkaziluvchi “CAFA U-15 Girls Championship-2019” musobaqasi start oladi. Ushbu turnirning hal qiluvchi o'yinini qita futboli rahbari bevosita stadiondan kuzatib borishi kutilyapti.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar