So’nggi yangiliklar

00:47МЮ Мактоминейни АПЛнинг бошқа бир клубига сотмади  0 00:35Кьеза фаолиятини Англияда давом эттиришга яқин турибди  1 00:05"Динамо" Жаҳонгир Ўрозов ва Муҳаммадали Турсуновни ўз таркибига қўшиб олди  0 23:30Жоау Канселунинг кейинги манзили Саудия Арабистони бўладими?  0 22:55Ханс-Дитер Флик: "Ямалнинг оёғи ердан узилмаслиги керак"  1 22:15ОКМК назорат ўйинида "Олимпик"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди  1 21:35Матс Хуммелс Еврокубокларда ўйнайдиган А Серия клубига ўтиши мумкин  0 20:54"Қизилқум" назорат ўйинида "Локомотив U21"га мағлуб бўлди  0 20:31Расман: Стадиондаги муаммо сабаб "Динамо" — "Навбаҳор" учрашуви қолдирилди  52 20:00Де Хеа фаолиятини А Cерияда давом эттирадими?  1 19:39Ана холос! "Рома" ва "Тоттенхэм" собиқ ҳужумчиси 11 йилдан сўнг фаолиятини тиклашга қарор қилди  4 19:13УEФА Суперкубоги ўйинини ким бошқариши маълум  0 18:49Погбанинг акаси Бельгиянинг учинчи лигасида ўйнайди  5 18:25"Бунёдкор" собиқ бош мураббийи Парижда ўғриликка учради  14 18:01"Шўртан" учта трансферни амалга оширди  3

"OFK o'yinlari" Yangiliklar

"OFK o'yinlari"

SHu yilning 6 aprel kuni OFK prezidentligi hamda boshqa nufuzli lavozimlar uchun saylov bo'lib o'tadi.

 Kun tartibidan o'rin olayotgan eng katta savol: “OFKning amaldagi prezidenti SHayx Salmon o'z lavozimini saqlab qoladimi?” So'nggi paytlarda yuz berayotgan voqealarni inobatga olsak, aftidan SHayx Salmon yana o'z o'rnida qoladi. CHunki aksariyat associaciyalar aynan uni qo'llab-quvvatlashlarini aytmoqda. 

Qolaversa OFKning amaldagi rahbari allaqachon o'ziga ovoz yig'ish kampaniyasini boshlab yuborgan. Deyarli har kuni shunga o'xshash xabarlarni o'qir ekansan, OFKda ham “o'yin” ketyapti degan xayolga boradi kishi. CHunki SHayx Salmon Ibrohim bin Al Xalifa etarlicha ovoz to'plab bo'ldi, qolaversa uning asosiy raqobatchilaridan biri Muhammad Al Romaiti o'z nomzodini qaytarib oldi. 


Qaysi lavozimlar uchun saylov o'tkaziladi? 

Dastavval 6 aprel kuni bo'lib o'tadigan saylov haqida malumot bersak. O'tgan yining 6 dekabr kuni OFK saylovda qatnashadigan bir qator nomzodlar ro'yxatini elon qilgandi. 

OFK prezidentligi va FIFA vice-prezidentligi;

Besh nafar OFK vice-prezidentligi;

Olti nafar FIFA Kengashi azosi va ulardan biri FIFA ayollar Ijroqo'mi azosi bo'lishi;

Umumiy hisobda besh nafar ayol OFK Ijroqo'm azosi va ulardan biri FIFA Kengashi azosi bo'lishi;

To'qqiz nafar OFK Ijroqo'm azoligi; 

Nomzodlar ro'yxati malum qilingan. Hozir gap boshqa masala ustida. Nomzodlar bilan tanishib chiqar ekanmiz, ular orasida o'zbekistonliklar yo'q ekanini ko'ramiz. Bu esa oxirgi 20 yil ichida o'zbek futbolida birinchi bor ro'y bermoqda. Malumot uchun, OFK Ijroqo'miga saylov birinchi marta 1998  yil o'tkazilgan bo'lib, o'shanda O'FF nomidan bosh kotib Zokir Qurbonov ishtirok etgandi. 

2000 yil noyabr oyida Qurbonov istefoga chiqqach, OFKda uning o'rnini Baxtiyor Rahimov egallagan. Keyinchalik 2002 yildan boshlab saylov yangi Nizomga ko'ra o'tkazildi va bunda Baxtiyor Rahimov o'z o'rnini saqlab qoldi. U 2007 yilgi saylovda O'FF birinchi vice-prezidenti sifatida ishtirok etib yana g'olib chiqqan. 

2011 yilga kelib o'zgarish ro'y beradi va O'FF Sardor Rahmatullaev nomzodini ilgari surdi, biroq Sardor Hamidullaevich birinchi saylovda yutqazib qo'ygan. 2014 yil OFK prezidenti etib SHayx Salmon saylanishi natijasida Osiyoni Janubiy va Markaziy mintaqaga bo'lish yuz beradi va shundan so'ng yana saylovda qatnashgan Sardor Rahmatullaev bu safar g'olib chiqib OFK Ijroqo'm azosiga aylanadi. 

2015 yildan beri shu paytgacha Rahmatullaev OFK Ijroqo'm azosi sifatida ishlab keldi. 2015 yildan beri to'rt yil o'tdi va endilikda yangi nomzodlar nomi ilgari surildi. Afsuski, bu safar O'FAdan hech kim yo'q. Buni esa yo'qotish deb ayta olamiz. 


Al Romaiti nega nomzodini qaytarib oldi? 

Arab futbolini yoritib boradigan saytlardan biri Arabnews.com OFK prezidentligiga nomzodlardan biri Muhammad Al Romaiti o'z nomzodini qaytarib olganini malum qildi. Bu esa saylov bo'lib o'tishiga nihoyatda kam kun qolayotgan bir paytda ro'y berdi. Al Romaiti nomzodini qaytarib olgach, endilikda SHayx Salmonning bitta raqibi qoldi: qatarlik Saud Aziz Al Mohannadi. SHu o'rinda yana bir savol tug'iladi: Al Romaiti nega saylovda qatnashishdan voz kechdi? Hozircha bu shaxs intervyu bergani yo'q, biroq unga aloqador kishilar bu qarorni “OFKning shaffofligi hamda mustaqilligi uchun” deya izohlashdi. 

Al Romaitiga nisbatan tashqaridan bosim bo'lgan bo'lishi mumkinmi? Taxt uchun kurashda har narsa bo'lishi mumkin, zero gap OFK prezidenti bo'lish haqida boryapti, bu esa butun Osiyo futbolini boshqaradi degani. Ammo hech qanday dalil-isbot yo'qligi uchun uchun Abu Dabi shahrining sobiq policiya komissari nima sababdan nomzodini qaytarib olgani haqida aniq bir gap ayta olmaymiz. 

Bu inson yanvar oxirlarida Goal.com saytiga intervyu berib o'zini OFK prezidenti bo'lishga munosib va kuchli nomzod deb aytgan, hatto saylovda g'olib chiqishiga ishonayotganini malum qilgandi. Bunga asos qilib esa o'zi tayyorlagan katta dasturni ko'rsatgandi. O'shanda Al Romaiti shunday degan: “Mayda detallarga to'xtalmoqchi emasman, faqat shuni aytishim mumkin, Osiyo futbolini rivojlantirishga doir dasturim bo'lmaganida o'z nomzodimni ilgari surmasdim. Men oxirgi 20 yil ichida futbolda faoliyat yuritib katta tajriba to'pladim, prezident bo'lishga o'zimni munosib deya olaman”. 

O'shanda Muhammad Al Romaiti har qancha chiroyli gapirgan bo'lmasin, saylovga bir oydan kam vaqt qolganida o'z nomzodini qaytarib oldi. Ehtimol u qandaydir qing'irlik boshlanganini hamda amaldagi prezident SHayx Salmon osonlikcha o'z o'rnini berib qo'ymasligini sezgan bo'lishi mumkin. SHayx Salmon hozir shunday kuchga egaki, hatto o'z o'rnini saqlab qolishi uchun OFK Nizomiga o'zgartirish kirita oldi. Bu ketishda erta-indin Qatar fuqarosi Saud Aziz Al Mohannadi ham o'z nomzodini qaytarib olishi mumkin. CHunki ko'pchilik o'z ovozini allaqachon SHayx Salmonga berib bo'ldi. 

X.Xoliqov

Reyting: -21   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика