So’nggi yangiliklar

17:43Винченцо Итальяно мавсум охирида клубдан кетади  0 17:25Альфонсо Дэвис "Бавария" билан янги шартнома имзоламайди  0 17:01"Бунёдкор" янги бош мураббий номини эълон қилди  12 16:20"Евро-2024"да ҳеч ким Англия билан тенглаша олмайди"  7 15:57"Қизилқум" "Локомотив" билан ўйин учун қайдномасини эълон қилди  0 15:44ПРО-Лига. Турнинг марказий учрашуви асосий таркиблари маълум  7 15:26Суперлига. 4-тур учрашувларини ўтказиб юборадиган футболчилар  4 15:10Маркус Рэшфорд Евро-2024га бора олмаслиги мумкин  1 14:38Парехо Винисиус ҳақида: "Ажойиб спортчи, аммо ўйинчилар ўзини футболга бағишлаши керак. Мени пиёниста дейишарди, лекин бунга эътибор бермаганман ва жавоб қайтармаганман – бундай одамлардан юқорироқ бўлиш зарур"  1 13:47Суперлига. 9та клуб дастлабки 3та турда фақат бир хил формадан фойдаланди. Бунга сабаб нима?  5 13:44"Манчестер Юнайтед" "Реал" футболчисини сотиб олмоқчи  1 13:23Хавининг дисквалификацияси бўйича апелляция рад этилди   1 12:50Ўзбекистон кубогининг саралаш босқичига қуръа ташланди  5 12:15Месси: "ЖЧ-2022да ғолиб бўлмаганимизда, мен терма жамоадан кетардим"  8 11:53Начо ва Васкес "Реал" билан шартномасини узайтиради  2

OFK kubogi. "Nasaf" nechta o'yindan beri yutqazmayapti? Yangiliklar

OFK kubogi. "Nasaf" nechta o'yindan beri yutqazmayapti?

Bugun Qarshidagi "Markaziy" o'yingoh "Nasaf" va "Li Man" klublari o'rtasidagi to'qnashuvga mezbonlik qiladi.

34-o'yin

Mazkur bahs "Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev uchun xalqaro maydondagi 34-o'yinga aylanadi (murabbiy sifatida). "Ajdarlar" Berdiev boshchiligida o'tkazilgan 33 o'yinning 13 tasida zafar quchishni uddalagan (6 durang, 14 mag'lubiyat). To'plar nisbati — 45:43 (+2). Malumot uchun, 33 o'yinning 28 tasi Osiyo CHempionlar Ligasi doirasida o'tgan.  

Ro'ziqul Sadullaevich qo'l ostidagi jamoaning xalqaro maydondagi eng yirik g'alabasi OFK kubogining o'tgan bosqichida qo'lga kiritildi. "Ajdarlar" Qarshida o'tgan bahsda "Mohun Bagan" (Hindiston) klubini 6 gol bilan "mehmon qilishdi".

Berdievning xalqaro maydondagi eng yirik mag'lubiyati esa 2014 yil OCHL saralashining 2-bosqichida ro'y bergan. Qatarda o'tgan o'yinda Nabil Malul boshchiligidagi "Al Jaish" 5:1 hisobida zafar quchgan.

SHuningdek, 2018 yilning martida Xavisi bor "Al Sadd" Dohada "Nasaf" darvozasiga javobsiz 4 ta gol urgan edi.

Mag'lubiyatsiz seriya

Quvonarlisi, Qarshi klubi 2018 yilning mart oyidan beri xalqaro maydonda engilgani yo'q. So'nggi7 o'yinning 6 tasi "Nasaf" foydasiga hal bo'lgan, 1 ta durang ("Persepolis" bilan).

Oxirgi mag'lubiyat bundan 3 yil avval Dohada qabul qilib olingan edi:

Osiyo chempionlar ligasi. C guruh, 4-tur

"As-Sadd" (Qatar) - "Nasaf" (O'zbekiston) 4:0

Gollar: 1:0 - 3 Xavi, 2:0 - 15 Abdulkarim Hasan, 3:0 - 43 Bag'dod Bunedja, 4:0 - 70 Jugurta Hamrun.

“As-Sadd”: 1.Saad Alshiyb, 2.Pedro Migel, 5.Hamrun Jugurta, 6.Xavi (10.Hasan Al Haydos, 60), 11.Bag'dod Bunedja, 12.Xamid Ismoil, 14.Abdulkarim Hasan, 16.Bualim Xoki, 20.Salim Ali Alxajri, 37.Axmad Suhail (3.Yosir Abubakr Iso, 80), 96.Akram Afif (8.Ali Asadalla, 74).

“Nasaf”: 35.Sanjar Quvvatov, 6.Azizjon G'aniev, 7.Odiljon Hamrobekov, 10.Bobir Abduxoliqov, 14.SHarof Muhitdinov, 22.Igor Golban, 27.Islom Rashidxonov (21.Jahongir Aliev, 66), 55.Slavko Lukich, 69.Dragan CHeran (20.Islom Kenjaboev, 21), 77.Jasur Hasanov (8.Sanjar Rashidov, 78), 92.Umarbek Eshmurodov.

Ogohlantirish: Jasur Hasanov 45.

Umid qilamizki, "ajdarlar"ning 7 o'yindan iborat mag'lubiyatsiz seriyasi bugun ham davom etadi.

OFK Kubogidagi so'nggi mag'lubiyat

"Nasaf" joriy mavsum OFK kubogidagi o'yinlarning barchasida zafar quchayotganidan xabaringiz bor. "Ajdarlar"ning turnirdagi so'nggi mag'lubiyati 2011 yilning 27 sentyabrida qayd etilgan. O'shanda Tailandning "CHonburi" jamoasi Qarshidagi "Markaziy" o'yingohda 1:0 hisobida g'olib bo'lgan (chorak final). Biroq, dastlabki uchrashuvda "Nasaf" xuddi shu hisobda yutgani bois tomonlar penaltilar seriyasiga murojaat qilishgan va yakunda hamyurtlarimizning qo'li baland kelgan edi.

SHundan keyin o'tkazilgan 8 o'yinning 7tasida "Nasaf"ning qo'li baland keldi (1 durang). To'plar nisbati — 22:4 (+18).

"Nasaf" — "Li Man": Eng qimmat futbolchilarni bilasizmi?

Muallif :
Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика