OFK kubogi-2021. "Oloy" bosh murabbiyi o'zbekistonlik futbolchilarning qaydnomaga kiritilmagani sababini izohladi
13 may 2021 14:45
Yangiliklar


OFK kubogi-2021. "Oloy" bosh murabbiyi o'zbekistonlik futbolchilarning qaydnomaga kiritilmagani sababini izohladi
“Nasaf” hamda “Oloy” o'rtasidagi o'yindan oldin tashkil qilingan matbuot anjumanida qirg'izistonliklar bosh murabbiyi No'monjon Yusupov va futbolchi Umarjon Akramov ishtirok etdi.
“So'zim avvalida bayram bilan barchani tabriklayman. Bizni yaxshi kutib olishgani uchun mutasaddilarga rahmat aytishni joiz, deb bildim. Oldinda qiziqarli bahs kutmoqda”, - dedi No'monjon Yusupov.
Umarjon Akramov: - Iliq qarshi olishgani uchun tashakkur. Ertaga chiroyli o'yin ko'rsatishimizga ishonaman.
- “Oloy” safida ikki nafar o'zbekistonlik futbolchi bor. Bular Sanjar To'raqulov va Idris Bikmaykin. Ularning yakuniy ro'xatga kirmagani nima bilan bog'liq?
- Ular ro'yxatda bor edi. Biroq legionerlar limiti sabab chiqarishga majbur bo'ldik. Sanjar To'raqulovning bizga yordami tegishiga ishonardim. Ammo jarohat olib qoldi. Tig'iz taqvim oldimizda turgandi. Bishkekda suniy maydonda o'ynadik. O'sha erda u jarohat oldi. Natijada ikki oyni o'tkazib yubordi. SHu bois tavakkal qilishni istamadik. Bikmaykinning so'nggi bir nechta o'yinida pasayish kuzatildi. Uning poziciyasida yosh futbolchimizga imkon beramiz.
- O'z vaqtida “Xo'jand” jamoasida faoliyat olib borgansiz. Bu sizga raqibni o'rganish uchun qanchalik yordam beradi?
- Guruhdagi uchta raqibni ham o'rganib chiqdik. SHunga yarasha rejalarimiz bor. Faqat “Xo'jand” bilan o'yinda emas, har bir jamoaga qarshi munosib o'ynashimiz lozim.
- Guruhdagi raqiblar haqida fikringiz qanday?
- Guruhimizdan o'rin olgan barcha jamoalarni oson raqib, deb bo'lmaydi. O'ziga yarasha kuchli. Masalan, "Nasaf" 2011 yil OFK kubogida g'olib chiqqan. "Oltin asr" 2018 yilgi OFK kubogi finalchisi hisoblanadi. "Xo'jand" esa musobaqa mezboni. Mezbon sifatida kuchli o'yin namoyish qilishga harakat qiladi. Lekin biz ham kuchli jamoalar orasida o'zimizni ko'rsatishga harakat qilamiz. Men bu jamoani qabul qilib olganimda ikki nafar tajribali ijrochi bor edi, xolos. Tarkibdagi futbolchilarning aksariyati yosh sanalardi.
- Mazkur musobaqaga tayyorgarlik jarayoni qanday bo'ldi? Xorijda yig'in o'tkazish imkoni yuzaga keldimi?
- Biz fevral oyidan beri musobaqaga tayyorgarlik ko'rib keldik. Yig'inlar faqat mamlakatimizda o'tkazildi.
Eslatib o'tamiz, "Nasaf" - "Oloy" uchrashuvi 14 may kuni soat 17:00da Dushanbedagi "Respublika Markaziy" stadionida boshlanadi.
Nasaf Qarshi AFC Cup Grp. F . 1-tur 14/05/2021, 18:00
FC Alay Osh
O’xshash yangiliklar

Fikrlar