OFK Kubogi-2019. "Xo'jand"da g'alaba, "Istiqlol"da durang
17 apr 2019 20:59
Yangiliklar
OFK Kubogi-2019. "Xo'jand"da g'alaba, "Istiqlol"da durang
Bugungi kungi bahslar Tojikiston klublari uchun omadli keldi. Dushanbening "Istiqlol" klubi Turkmanistonda "Oltin Asr" mehmoni bo'lib, 1:1 hisobida durang o'ynadi.
Tojikistonning yana bir klubi "Xo'jand" esa o'z maydonida Qirg'iziston chempioni, Aleksandr Krestinin boshchiligidagi "Dordoy"ni qabul qildi. Uchrashuvda dastlab mehmonlar gol urishdi. Bunga xo'jandliklar 3ta gol bilan javob berishdi. "Xo'jand" safida o'zbekistonlik Asiljon Begimqulov to'liq harakat qildi.
OFK Kubogi-2019
«D» guruhi. 2-tur
«Xo'jand» (Tojikiston) - «Dordoy» (Qirg'iziston) - 3:1
Gollar: Bekjan Saginbaev, 16 (0:1). Dilshod Vosiev, 42 (1:1). Dilshod Vosiev, 63 (2:1). Jahongir Ergashev, 88 - penaltidan (3:1).
«Oltin Asr» (Turkmaniston) – «Istiqlol» (Tojikiston) - 1:1
Gollar: SHeriddin Boboev 79, - 0:1. Selim Nurmuradov 80, - 1:1.




O’xshash yangiliklar
championat.asia
U-23 Осиё Кубоги. Эрон билан дуранг ўйнадик. Гуруҳдан чиқиш масаласи охирги турга қолди
Испания Суперкубоги. "Реал" ярим финалда "Атлетико"ни мағлуб этди, финалда "эл класико" кўрамиз
Роналду кечаги мағлубиятдан сўнг ўз фикрини билдириб ўтди
Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди
Fikrlar