OFK Chaqiruv ligasi. Birinchi o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan "Arkadag'" yirik g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi
16 apr 17:39
Yangiliklar


OFK Chaqiruv ligasi. Birinchi o'yinda 0:2 hisobida mag'lub bo'lgan "Arkadag'" yirik g'alabaga erishdi va finalga yo'l oldi
OFK Chaqiruv ligasining yarim finalida Kuvaytning "Al Arabi" hamda Turkmanistonning "Arkadag'" klublari to'qnash kelishdi.
Kuvaytdagi ilk bahsda mezbonlar 2:0 hisobidagi g'alabani tantana qilgan edi. Ammo Arkadag' shahrining shu nomdagi stadionida o'tgan bahsda turkmanistonliklar 3:0 hisobida zafar quchib, final yo'llanmasini raqibdan tortib olishdi.
OFK Chaqiruv ligasi, yarim final, javob uchrashuvi
"Arkadag'" - "Al Arabi" 3:0 (umumiy hisob 3:2)
Gollar: Tirkisov 7, Annadurdiev 58, Tirkisov 90+3.
"Arkadag'": Axalliev, Gurbanov (Akmammedov 79), Saparov, Annaguliev, Biashimov, Mammedov (Rejebov 90), Tirkisov, Ballakov (Ataev 84), Beknazarov, Saparmammedov (Sapargulie 78), Durdiev (Annadurdiev 46).
"Al Arabi": Abdugafur, Abud, Bushar, Al Anezi (Xolid 8), Al Qallaf, Ashkanani, Jon (Al Avadi 68), Kalaf (Majed 67), Al Asvad, Ivuala, Kabba.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar