OFK bu yilgi taqdirlash marosimini bekor qildi
17 iyu 2020 18:21
Yangiliklar


OFK bu yilgi taqdirlash marosimini bekor qildi
OFK Qatar futbol associaciyasi bilan hamkorlikda eng yaxshilarni taqdirlash marosimini o'tkazishni maqsad qilgandi.
Biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu yil ushbu marosim o'tkazilmaydigan bo'ldi. OFK Ijroiya qo'mitasi bir qator izlanishlardan so'ng yakunda shunday qarorga keldi.
Bu haqda tashkilot prezidenti SHayx Salmon bin Ibrohim Al Xalifa shunday dedi:
"COVID-19 pandemiyasi hammamiz uchun jiddiy zarba bo'ldi. Koronavirus sportga, xususan futbolga salbiy tasir o'tkazmasdan qolmadi. Biz koronavirus tufayli dunyodan o'tganlar oila azolariga hamdardlik bildirish maqsadida taqdirlash marosimini o'tkazmaslikni lozim topdik. Qatar futbol associaciyasiga bu borada o'zaro hamkorlik uchun minnatdorchilik bildirib qolamiz. Yakuniy to'xtamga kelish oson bo'lmadi, ammo hozirgi vaziyatda shunday yo'l tutishga majburmiz".
O’xshash yangiliklar

Fikrlar