OFK Avstraliya terma jamoasi murabbiyiga 10000 AQSH dollari miqdorida jarima soldi
21 jan 2019 15:08
Yangiliklar
OFK Avstraliya terma jamoasi murabbiyiga 10000 AQSH dollari miqdorida jarima soldi
OFK tartib-intizom qo'mitasi Osiyo Kubogidagi vaziyatlar bo'yicha navbatdagi qaror chiqardi.
Avstraliya - Suriya uchrashuvida Avstraliya terma jamoasi darvozabonlar murabbiyi Yoxannes Kornelis Antonius Segres (Xans Segres) raqib zaxira o'rindig'i tomoniga qarab nomaqbul so'zlarni aytgandi. Ushbu harakati uchun murabbiy 10000 AQSH dollari jarima to'laydigan bo'ldi. Bundan tashqari u O'zbekiston bilan o'yinda terma jamoa bilan birga bo'la olmaydi.
Eslatib o'tamiz, oldinroq OFK o'zbekistonlik himoyachi Egor Krimecni 5000 AQSH dollari miqdorida jarimaga tortgan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ўзбекистон U-23 терма жамоаси мусобақани ғалаба билан бошланди. Стартда Ливанни енгдик
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди
Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!
Fikrlar