So’nggi yangiliklar

00:52Русланбек Жиянов: "Курашларга бой ўйинда ғалаба қозондик"  0 00:38Карлуш Кейруш: "Мен футболчиларимни охиригача ўйнашга мажбурлайман"  3 00:03Ровшан Мередов: "Анча ишончли ўйин ўтказдик"  1 23:25Расман: ОЧЛ 2 арафасида "Андижон"ни легионер футболчилардан бири тарк этди  9 23:17Тимур Кападзе: "Мухлислар нега кам? Ушбу саволга биз ҳам жавоб қидиряпмиз. Легионерлар кейинги учрашувга тайёр бўлади"  35 23:03Равшан Ҳайдаров U-23 Осиё кубоги саралаши ҳақида: "Жамоамиз турнирга белгиланган режа асосида пухта тайёргарлик кўрди"  2 22:08Игорь Сергеев миллий жамоа тарихидаги тўпурарлар орасида олтинчи ўринга кўтарилиб олди  12 21:40CAFA Nations Cup. Туркманистон – Ўзбекистон 1:2  26 21:30CAFA Nations Cup. Бир киши кам бўлиб қолган Ўзбекистон Туркманистонни кичик ҳисобда мағлуб этди  266 20:55Қирғизистон бош мураббийи: "Ғалабамизни ўғирлашди"  6 20:33Топ лигалардан клуб топа олмаган Лукман Туркияга йўл олиши мумкин  1 19:50Расман: "Барселона" ҳимоячиси "Эльче"га ўтди  0 19:19"Байер" "Ал Қодисия" ярим ҳимоячисини 25 млн еврога сотиб олди  0 18:48CAFA Nations Cup. Кейруш бошчилигидаги Ўмон охирги дақиқаларда гол уриб, Қирғизистонни ютиб кетди  39 18:33Ўзбекистон - Туркманистон. Асосий таркибимиз маълум  28

O'FF va Yaponiya Futbol Associaciyasi o'zaro hamkorlik qiladi Yangiliklar

O'FF va Yaponiya Futbol Associaciyasi o'zaro hamkorlik qiladi

Avval xabar berganimizdek,bugun 17 noyabr kuni O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov Tokio shahrida Yaponiya Futbol Associaciyasi Prezidenti Tashima Kodzo bilan rasmiy uchrashuv o'tkazdi.

Uchrashuv davomida O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Yaponiya Futbol Associyaciyasi o'rtasidagi hamkorlik va aloqalarni mustahkamlash bo'yicha kelishuvga erishildi.
Ushbu kelishuvasosida har ikki mamlakatning turli yoshdagi terma jamoalari o'rtasida o'rtoqlik o'yinlarini o'tkazish, turli musobaqalar va mavsumiy yig'inlarni tashkil etish, O'FF va YAFA terma jamoalari murabbiylari o'rtasida tajriba almashishni yo'lga qo'yish ko'zda tutilgan.
SHuningdek, O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Yaponiya Futbol Associaciyasi murabbiylari va tibbiyot xodimlari uchun o'quv seminarlari tashkil etish, futbol akademiyasi murabbiylari va boshqaruv xodimlari o'rtasida bilim va tajribalarni almashish, bolalar futboli bo'yicha murabbiylik kurslarini tashkil etish borasida ham kelishuvga erishildi.


Bundan tashqari,  O'zbekiston Futbol Federaciyasi va Yaponiya Futbol Associaciyasi hakamlikni rivojlantirish va tajriba almashish borasida ham hamkorlik qiladigan bo'ldi.

“Yaponiya Futbol Associaciya bilan kelishuvga erishilgani o'zbek futboli uchun juda katta foydasi tegadi, deb ishonaman. Yaponiya kabi futboli rivojlangan mamlakatlar bilan yaqin hamkorlik qilish orqali O'zbekiston Futbol Federaciyasi xodimlarining tajribasini va malakasini oshirish maqsad qilingan”, – deydi O'FF prezidenti Umid Ahmadjonov.

Reyting: +38   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика