O'FF raxbari “Bunyodkor” FKni tabrikladi
09 noy 2013 19:25
Yangiliklar


O'FF raxbari “Bunyodkor” FKni tabrikladi
O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti Mirabror Usmonov 2013 yilgi O'zbekiston chempioni – “Bunyodkor” FKni tabriknoma yubordi.
“Bunyodkor” futbol klubi mamuriyatigaO'zbekiston futbol federaciyasi “Bunyodkor” futbol klubining ahil jamoasini futbol bo'yicha 2013 yilgi oliy liga musobaqasida oltin medallarni qo'lga kiritganligi, shuningdek, O'zbekiston kubogi sohibi bo'lib, mavsumni oltin dubl bilan tugatganligi munosabati bilan samimiy tabriklaydi.
Darhaqiqat, 2013 yilgi mavsumda chempionlik poygasi har qachongidan shiddatli va qiziqarli kechdi. Avvalgi yillarga qiyosan bu yilgi kurash chempionatning so'nggi turiga qadar uch jamoa o'rtasida qizg'in tus oldi va unda “Bunyodkor” futbol klubi kuchli irodasini namoyish etib, haqli ravishda chempionlikni qo'lga kiritdi.
Umid qilamanki, “Bunyodkor” futbol klubi oldinga intilishda davom etadi va 2014 yilgi Osiyo CHempionlar ligasi musobaqasida yaxshi ishtirok etib, O'zbekiston sharafini munosib himoya qiladi.
Oltin medallar muborak bo'lsin!
O'zbekiston futbol federaciyasi prezidenti M.Z.Usmonov

Fikrlar