So’nggi yangiliklar

20:01"Ливерпуль" Малик билан музокараларни бошлади  0 19:39Рамос: "Беш йилдан кейин Мбаппе 4-5 та "Олтин тўп"га эга бўлади"  8 19:15Ди Мария: "Бока Хуниорс" мухлисларининг ҳуштакбозлиги? Бу – футбол, ҳаммасини тушунамиз"  0 18:48Фаластинлик футболчи Исроил ҳужуми оқибатида ҳалок бўлди  7 18:21Роналду Трампга дастхати туширилган либосини ҳадя қилди  8 17:53"Сурхон" жароҳат олган ҳужумчисининг ҳолати ҳақида маълумот берди  1 17:25"Тоттенхэм" МЮ футболчисига қизиқиб қолди  0 16:58Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Хитойдаги турнирда қатнашади  8 16:41"Футбол олами". "Машъал"дан 4:0, "Насаф" марказий ўйинда ғалаба қозонди, Тошкент дербисида дуранг — 12-тур ҳақида батафсил   0 16:29Неймарнинг отаси: "Ўғлимни ҳар куни карнавалда деб ўйлашни бас қилинг"  3 16:00Ўзбекистон терма жамоаси сардори Элдор Шомуродовнинг нархи ошди  9 15:47Коул Палмер қимматбаҳо соат сотиб олди  1 15:21"Бавария" "Барселона" хавбекига қизиқиш билдирмоқда  0 14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  16 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1

O'FF prezidenti Umid Axmadjonov Qo'qonga tashrif buyurdi Yangiliklar

O'FF prezidenti Umid Axmadjonov Qo'qonga tashrif buyurdi

Farg'ona viloyati futbol federaciyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida Farg'onaga tashrif buyurgan O'zbekiston Futbol Federaciyasi prezidenti Umid Axmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh kunning ikkinchi yarmida Qo'qon shahriga etib keldi.

O'FF prezidenti Qo'qondagi “Markaziy”  stadionda bo'lib, bu erda davom etayotgan rekonstrukciya ishlari bilan batafsil tanishdi. Jamoa rahbarlari bilan bo'lgan suhbatda Umid Axmadjonov  stadionlarda futbolchilar, matbuot xodimlari, yuqori martabali mehmonlar va muxlislarga yaratiladigan sharoitlarni maksimal darajada yuqori sifatga olib kelish eng birinchi vazifa bo'lishi lozimligini takidladi. 

“ Qo'qon o'zbek  futbolining vatani, biz bu shaxarda futbolimizning ko'plab yubileylarini nishonlaymiz. Bu yil “Markaziy” stadion ko'rinishi go'zal bo'lishi lozim, chunki biz bu erda o'zbek futbolining 105 yilligini bayram qilmoqchimiz. Buning uchun federaciya ham qarab turmaydi. Biz sizlarga qo'limizdan kelgan barcha yordamni beramiz“, dedi Umid Axmadjonov.

O'FF prezidenti “Markaziy”  stadionning rekonstrukciya rejasi bilan tanishgach, o'zining qimmatli tavsiya va maslahatlarini berdi.

Umid  Ahmadjonov bir guruh futbol muxlislari bilan ham uchrashdi. Jamoamizning sodiq muxlislari O'FF prezidentiga , muxlislar klubining futbolkasini esdalik sifatida topshirishdi. 

“Qo'qonda futbolni juda xam yaxshi ko'rishlarini bilamiz. Qo'qonlik muxlislar bu borada respublikamizda barchaga o'rnak bo'lmoqdalar. Sizlar jamoanigizni yanada chiroyli tarzda qo'llab tursalaring , futbolchilar ham albatta sizlarni xursand qilishadi. Biz esa muxlislar uchun barcha qulayliklarni yaratishga harakat qilamiz ”-dedi O'FF prezidenti.

O'z navbatida muxlislar ham O'FF prezidentigafutbolimizdagi islohotlar, muxlislarga yaratilayotgan qulayliklar va ularni  o'ylab o'yinlar vaqtini kechki soat 18-00dan keyin boshlash haqida chiqarilgan qarordan minnatdor ekanliklarini bayon etdilar.

O'FF prezdentiga hamroh bo'lgan PFL rahbari Omon G'ofurovva ishchi guruh Uchko'prik tumanidagi stadion bilan xam tanishdilar. Bu stadionda “Qo'qon-1912”ning ayollar jamoasi to'p suradigan bo'ldi.  Mutaxassislar stadionda bartaraf etilishi lozim bo'lgan kamchiliklarni belgilab berdilar.

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика