So’nggi yangiliklar

21:14Решфорд "Барса"да ўйнаш учун маошини қисқартиришга ҳам тайёр  0 21:00Клублар ўртасидаги ЖЧ. "Манчестер Сити" - "Видад Касабланка" (онлайн ҳисоб)  17 20:21Фабио Каннаваро ЦСКА бош мураббийига айланиши мумкин  1 19:30Ўзбекистон Кубоги. "Қўқон-1912" – "Бунёдкор", "Шўртан" – "Арал"  3 19:28Ичкарида ким ўтирибди? Ўқитувчилар? Чиқар ҳаммасини ташқарига!   2 19:22"Арсенал" Родриго билан боғланди. "Реал" вингер учун 90 миллион евро сўраяпти  1 18:4059 ёшли дунёнинг энг кекса профессионал футболчиси билан интервью: "Ўзимга чеклов қўймайман"  0 18:03Капелло: "Бу Италия терма жамоасида "дух" йўқ"  2 17:33Расман: Жоан Гарсия - "Барселона" футболчиси  11 17:04Афғонистон Россияга ўртоқлик учрашуви ўтказишни таклиф қилди  9 16:32Қасим-Жомарт Тоқаев Шавкат Мирзиёевни миллий жамоа жаҳон чемпионатига чиққани билан табриклади  4 16:15Эрон билан можаро туфайли легионерлар Исроил клубларини ортиқча шартларсиз тарк этиши мумкин  6 15:55Жоан Гарсия "Барселона"га ўтиш учун ўз шартномасини сотиб олди  2 15:18Клублар ўртасидаги ЖЧ учрашувига уч минг мухлис келди. Бу турнирдаги энг ёмон натижа  7 15:12ВАР ва АВАР ҳакамлари учун ФИФА семинари бўлиб ўтади  1

O'FF prezidenti Jizzax viloyati FFdagi umumiy holat bilan tanishdi Yangiliklar

O'FF prezidenti Jizzax viloyati FFdagi umumiy holat bilan tanishdi

Avval xabar berganimizdek, bugun 5 yanvar kuni O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov maxsus ishchi guruh bilan birgalikda, Jizzax viloyati Futbol federaciyasidagi umumiy holatni o'rganish uchun Jizzax shahriga tashrif buyurdi.

Dastavval, O'zbekiston futbol federaciyasi rahbariyati Jizzax futbol federaciyasi prezidenti, Jizzax viloyati hokimi Ergash Soliev bilan uchrashib, viloyatda futbolni ommaviylashtirish va rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida suhbatlashishdi.

Keyin Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh "So'g'diyona" PFK stadioniga tashrif buyurib, bu erda yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.


Stadionda mashg'ulot olib borayotgan Yangi mavsumda klublar oldiga qo'yiladigan talabalarda bolalar futbolini rivojlantirishga katta ahamiyat qaratilgan bo'lib, har bir klub qoshidagi turli yoshdagi bolalar guruhlari ishtirokida Respublika birinchiliklari o'tkazish ko'zda tutilgandi.

Umid Ahmadjonov Jizzax viloyat futbol federaciyasi prezidenti Ergash Soliev va "So'g'diyona" PFK prezidenti O'ktam Mahmudjonov bilan birgalikda klub qoshida mashg'ulot olib borayotgan bolalar guruhlari azolari bilan suhbatlashib, ularga yaratilgan zarur shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. So'ngra bolalar guruhlariga sovg'a sifatida to'plar taqdim qilindi.

SHuningdek, O'zbekiston Futbol federaciyasi prezidenti "So'g'diyona" PFK qoshidagi ayollar jamoasi va azolari bilan ham uchrashib, ularning mashg'ulotlari bilan yaqindan tanishdi. So'ngra ularga ham to'plar sovg'a qilindi.


Keyin Umid Ahmadjonov boshchiligidagi ishchi guruh "So'g'diyona" PFK qoshidagi mini-futbol jamoasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mashg'ulot va o'yinlar o'tkaziladigan zallar, suzish havzasi joylashgan sport inshooti bilan tanishdi.

SHundan so'nga, "So'g'diyona" PFK qoshida tashkil etiladigan akademiya uchun ajratilgan erga borib, u erdagi holatni ko'zdan kechirdi. Klub rahbariyati tez orada bu erda muhtasham futbol akademiyasi qad rostlashi haqida aytib o'tishdi.

Keyin esa O'FF vakillari "So'g'diyona" PFK sport bazasiga tashrif buyurishdi. U erda bosh murabbiyi Aleksandr Mochiniov boshchiligida mashg'ulot olib borayotgan jamoa azolari bilan suhbat qurildi. Mashg'ulotlar kuniga necha mahal, qay tartibda olib borilayotgani Aleksandr Mochinov tomonidan O'FF rahbariyatiga malumot berildi.


Kunning ikkinchi qismida Umid Ahmadjonov Jizzax viloyati futbol federaciyasi xodimlari ishtirokida yig'ilish o'tkazdi. Yig'ilishda viloyat futbol federaciyasining faoliyati tanqidiy tahlil qilindi. O'FF prezidenti tomonidan Jizzax FFdagi kadrlar masalasini qayta ko'rib chiqish alohida topshiriq sifatida berildi. SHuningdek, yil davomida bolalar musobaqalarini ko'proq tashkil qilish zarurligi uqtirildi. Viloyatdagi futbol maktablari va futbol internatlari faoliyatini jiddiy nazoratga olish, u erdagi murabbiylar saviyasini alohida baholab borish, futbolchilarni qabul qilish jarayonida O'FF vakillari ishtirokini taminlash borasida zarur ko'rsatmalar berildi.


Umid Ahmadjonov bilan birgalikda ishchi guruh tarkibida Jizzaxga tashrif buyurgan O'zbekiston futbol federaciyasi boshqarma boshliqlari viloyat FFdagi ishlarni tartibga keltirish borasida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun yordam berishlari takidlab o'tildi.

SHu bilan Jizzax viloyati FFga uyushtirilgan safar nihoyasiga etdi. Qayd etish kerakki, shaxsan O'FF prezidenti tomonidan bunday safarlar boshqa viloyatlarga ham uyushtirilib, joylardagi holatlarni o'rganish rejalashtirilgan.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика