So’nggi yangiliklar

01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  2 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:35АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Брайтон"ни меҳмон қилмоқда, Ҳусанов асосийда (онлайн ҳисоб)  21 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  3 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 00:04АПЛ. "Бёрнли" – "Манчестер Юнайтед". Бошланғич таркиблар аниқ!  4 23:46АПЛ. "Фулхэм" – "Челси". Бошланғич таркиблар аниқ!  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16 21:25Микель Артета "Ливерпул"га қарши ўйин ҳақида: "Орамиздаги фарқ унча катта эмас, "Арсенал"нинг исботлайдиган нарсалари бор"  2

O'FF "Oltin vodiy" loyihasini tasdiqladi Yangiliklar

O'FF "Oltin vodiy" loyihasini tasdiqladi

Teglar :  Oltin vodiyTFFO'FF
O'zbekiston futbol federaciyasining Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi Toshkent shahar futbol federaciyasining tashabbusi bilan "Oltin vodiy" loyihasi dasturini ishlab chiqdi.

Unga ko'ra, Farg'ona viloyati vodiy ligasining markazi sifatida qayd etildi va O'FF hamda PFL tomonidan maxsus dastur asosida boshqariladi. Toshkent shahar futbol federaciyasi tomonidan poytaxtda amalga oshirilayotgan barcha ko'lamdagi ishlar vodiyda ham amalda qo'llaniladi. Bu esa vodiy futbolining yana avvalgi mavqeiga qaytishi va u erdan yangidan yangi Fyodorov, Lebedev, Atoyan, Mirxoldirshoev, Saidov, Berdiev, Soliev, Kapadze, Ashurmatov kabi futbolchilar tarbiyalanishiga zamin yaratadi. XXI asr futbolida aksar vodiylik futbol yulduzlari bugungi kundagi muvaffaqiyatlariga poytaxt yoki Qashqadaryo jamoalarida to'p tepib erishganlar. Loyihani ishga tushirish orqali vodiylik mahalliy o'smirlarni o'z uylaridan uzoq bo'lmagan holda sifatli xizmat turini olishini taminlash bo'ladi.

SHu bilan bir qatorda vodiy jamoalarini professionallikka yo'naltirish chora-tadbirlari qo'llaniladi. Vodiy jamoalari uchun marketing, OAV, bolalar futboli, licenziyalash, murabbiylarning malakasini oshirish kabi dasturlar endi vodiyning o'zida tajribali mutaxassislar tomonidan o'rgatiladi.

SHuningdek, yagona markazda faoliyat olib boradigan mutaxassislar, vodiy jamoalari ishtirokidagi oliy va birinchi liga uchrashuvlarini OCHL saviyasida o'tkazish borasida mahalliy klublar bilan birgalikda ishlaydilar. Ayni kunda bunday xizmat turi bilan faqatgina OCHLning muntazam ishtirokchilari, "Bunyodkor", "Paxtakor", "Nasaf" va "Lokomotiv" maqtana oladi. Xuddi shu sifat oliy va birinchi liganing barcha jamoalarida bo'lishi darkor.

 "Oltin vodiy" loyihasi asosida vodiyning turli shaharlarida, turli xildagi tadbirlar tashkil etiladi. Mazkur loyiha asosida O'zbekiston Kubogi - 2018ning final o'yiniga ham aynan vodiy stadionlaridan biri mezbonlik huquqini mavsum boshida qo'lga kiritadi.

2018 yil mavsum avvalida professional klublar o'rtasida "Oltin vodiy" musobaqasi bo'lib o'tadi. Unda vodiy klublaridan tashqari Respublikaning boshqa jamoalari ham ishtirok etadilar. Bu esa jamoalarni yangi mavsum oldi o'tkaziladigan o'quv-yig'in mashg'ulotlarisifatli o'tishini taminlaydi.

Vodiy klublari va "Oltin vodiy" loyihasi ishtirokchilari 2018 yil OCHL o'yinlarining ishchi-guruhi tarkibida malaka oshiradilar. SHuningdek, "Neftchi", "Navbahor", "Andijon", "Qo'qon-1912", "Cementchi" kabi jamoalarning bolalar va o'smirlar futboliga masul xodimi bolalar futboli rivojlangan Evropa mamlakatlarida tajriba orttiradi. Bu loyiha yuqoridagi klublar bilan hamkorlikda amalga oshiriladi.

"Oltin vodiy" dasturi asosida quyidagi ishlar amalga oshiriladi:

1. 2-liga jamoalari o'rtasida vodiy ligasi;

2. U-14, U-16, U-18 jamoalari o'rtasida vodiy ligasi;

3. U-7 - U-18 jamoalari o'rtasida Farg'ona, Namangan, Andijon viloyatlarining ikki davralik tizimdagi chempionati;

4. U-7 - U-18 jamoalari o'rtasida vodiy viloyatlarining chempionati.

"Evropa andozasini o'rganib chiqar ekanmiz, Germaniya, Belgiya, Ispaniya va Italiya kabi davlatlar poytaxtida berilayotgan xizmat turi chekka-chekka qishloqlarda ham qo'llaniladi. Biz ham O'zbekistonda shu ishni qo'llaymiz. O'zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport davlat qo'mitasi bilan imzolangan memorandum yordamida vodiydagi barcha BO'SM va futbol licey-internatlari hamda Olimpiya zaxiralari kollejlarini nazorat qilgan holda, u erdagi ish sifatini oshirishimiz kerak bo'ladi. Buning uchun albatta vodiy ligasini tuzishimiz lozim bo'lardi.

SHu boisdan O'FF Bolalar, o'smirlar va ommaviy futbol boshqarmasi va Toshkent shahar futbol federaciyasi tomonidan "Oltin Vodiy" loyihasi ishlab chiqildi. Bu loyiha O'zbekiston futboli kelajagi yo'lida xizmat qilishiga ishonamiz. Loyiha davomida ko'plab yangiliklar bilan tanishib borasiz. 9 noyabr kuni O'zbekistonga Jahon futboli afsonasi, Evropa va Jahon chempioni Karles Puyol tashrif buyurayapti. Bu kabi tadbirlarni vodiyda ham o'tkazamiz. Xalqaro o'yinlar havosini olib kirishni maqsad qilganmiz. Bunga biroz vaqt ketadi, ammo dastur asosida uni ham uddalashimizga ishonamiz", - deydi O'zbekiston futbol federaciyasi Prezidenti Umid Ahmadjonov.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика