So’nggi yangiliklar

15:21Breaking! МЮни ёзгача бошқарадиган мураббий номи маълум  1 15:01Тезкор хабар! Рубен Аморим МЮдан кетди  9 14:34"Динамо" Тошкентда йиғинни бошлади  2 14:33"Қўқон-1912" 3 нафар футболчиси билан шартномани узайтирди  1 14:05"Тоттенхэм" чап вингер позицияси учун шорт-лист тузди  0 13:38Турсунов — Гонконг чемпионатининг декабрдаги энг яхши футболчиси!  2 13:11Словакиялик ҳужумчи Ўзбекистонда тўп тепади  8 12:45Расман: Шерзод Насруллаев — "Пахтакор" аъзоси!  11 12:32Расмий хабар: Ойбек Бозоров "Пахтакор"да!  9 12:14"Навбаҳор" Қозоғистоннинг 5 карра чемпиони билан ўйнайди  3 11:52Расман: "Пахтакор" Қувватов қайтганини эълон қилди  5 11:33Артета: "Мен учун Деклан Райс — дунёдаги энг яхши ярим ҳимоячи"  2 10:58Кечаги учрашувда ғалабани қўлдан чиқарган Гвардиола нималар деди?  4 10:32"Шўртан"нинг икки нафар асосий футболчиси "Хоразм" йиғинида  2 10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  1

"O'FAning bugungi bayonoti bo'yicha ayrim savollar bor" Yangiliklar

"O'FAning bugungi bayonoti bo'yicha ayrim savollar bor"

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdievda O'FA bugun bergan bayonoti bo'yicha bir qator savollar paydo bo'ldi.

Birinchidan, agar hakamlarning korrupcion holatlarga aralashgani rost bo'lsa, unda ularga nisbatan jinoiy ish ochildimi?

Bu haqda O'FA tegishli tergov organlarini ogohlantirdimi?

Axir korrupciya kichkina jinoyat emas, “biz o'zimiz qulog'ini tortib qo'yamiz” deydigan.

Korrupciyaga qarshi kurashish agentligi bu bo'yicha biror bayonot beradimi?

Ikkinchidan, agar o'sha hakamlar o'yin natijasiga tasir qiladigan qarorlar chiqarish uchun kelishgani isbotlangan bo'lsa, unda o'sha hakam bilan kelishib, “soqqasini bergan” futbol klubi masullariga javobgarlik yo'qmi?

O'sha o'yin natijalari bekor qilinib, hakamni o'ziga og'dirgan jamoaga mag'lubiyat yozilmaydimi?

Kelishilgan o'yinlar natijasi bekor qilinishi ortidan turnir jadvallariga o'zgarish kiritilmaydimi?

Xuddi Italiyadagi kabi kelishilgan o'yinlarga aralashgan futbol jamoalarining o'zi jazolanmaydimi? 2006/2007 yilgi mavsumda Italiya futbolining eng yirik vakillaridan biri bo'lgan “Yuventus” jamoasi kelishilgan o'yinlarga aralashgani uchun “B” seriyaga tushirib yuborilgan edi. Bizdachi? Bizda kuchimiz faqat hakamlarga etadiyu, klublarga kelganda jazolashning o'zbekona metodi bo'ladimi?

Yoki hakamning pora olgani anig'u, lekin kimdan olganini aniqlab bo'lmay qoldimi?

SHu savollarga kimdir javob bersa, xursand bo'lardik, - deb yozadi Xushundbek Xudoyberdiev telegramdagi o'z kanalida

Reyting: +46   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика