So’nggi yangiliklar

19:30Апелляция иш берди: ПСЖ футболчисининг жазоси енгиллашди  3 19:02"Динамо" бразилиялик футболчиси билан хайрлашди  1 18:34"Нефтчи" , "Пахтакор", "Динамо" ва "Навбаҳор" футболчилари жаримага тортилди — Тартиб-интизом қўмитаси  7 18:08Аморим "Манчестер Юнайтед"нинг қишки трансфер бозоридаги позициясини очиқлади  4 17:48TVCOM'да бугунги тақвим: “Насаф” юлдузли “Ал-Иттиҳод”га қарши, “Арсенал” Лига Кубогида ва бошқалар  0 17:41"Динамо" БААда йиғин ўтказади  2 17:13Неймар операцияни бошдан кечирди  2 16:46"Андижон" "Ал Аҳли"га қарши қандай либосда майдонга тушиши маълум қилинди  4 16:19"Динамо" Маҳмуд Маҳамаджонов билан хайрлашди  4 15:59Слот "Ливерпул"да икки позицияни кучайтирмоқчи  1 15:35​Ўзбекистон МТЖ Қатарда йиғин ўтказади  1 15:18Равшан Эрматов: "Ўзбекистон март ойида КОНМЕБОЛ, КОНКАКАФ ва Африка жамоалари билан ўйнайди"  6 14:55Элит ОЧЛ. Мавсумнинг охирги ўйини қандай тугайди?  4 14:38Озарбайжон клуби "Машъал" футболчисига қизиқмоқда  1 14:21Ўзбекистон Канада билан ўйнайди  11

O'FA Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi, Ermatov Ahmadjonovning o'rnini egalladi Yangiliklar

O'FA Ijroqo'm yig'ilishi bo'lib o'tdi, Ermatov Ahmadjonovning o'rnini egalladi

Ayni paytda O'FA binosida yig'ilish boshlanmoqda.

Ushbu sahifada tadbirning voqealarini kuzatib borish mumkin. 


YANGILASH


- O'FA binosiga Superliga klublari rahbarlari, murabbiylari, viloyat futbol Associaciyalari rahbarlari yig'ilishgan.



- Eski rahbariyat bugungi yig'ilishga jurnalistlarni kiritmayotgan edi. Biroq yangi rahbariyat tashabbusi bilan jurnalistlar O'FA binosiga kiritildi. Bu haqda voqea joyidan championat.asia muxbiri xabar berdi.




- Vadim Abramov, Asqar Tolibjonov, Samvel Babayan, Ahrol Inoyatov, Murod Aliev kabi futbol kishilari shu erda. 

- Sport vaziri Dilmurod Nabiev, uning o'rinbosari Oybek Kasimov, sobiq sport vaziri Rustam Qurbonov O'FA binosiga kelishdi. 

- FIFA hakami Ravshan Ermatov ham shu erda. U O'FA vice-prezidenti bo'lishi kutilmoqda. 



- DIQQAT! Majlislar zaliga MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov, Dilmurod Nabiev va Ravshan Ermatov kirib kelishdi. Yig'ilish boshlandi. 

- O'zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi Abdujabbor Abduvohidov ham shu erda. 

RASMIY XABAR. Ravshan Ermatov - O'FA Birinchi vice-prezidenti         

FIFA hakami Ravshan Ermatov O'FA Birinchi vice-prezidenti etib saylandi.

O'zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining o'rinbosari polkovnik Jo'raev Muhiddin O'tkirovich esa O'FA vice-prezidenti sifatida saylandi. 






O'FA bosh kotibi Sardor Rahmatullaev o'z arizasiga ko'ra lavozimini tark etdi. Uning o'rniga Avaz Maksumov O'FA bosh kotibi etib tayinlandi. 

15 iyul kuni O'FA hisobot-saylov konferenciyasi bo'lib o'tadi. Unda O'FAga yangi prezident saylanadi. 



"Yuksak ishonch uchun muhtaram Prezidentimiz SHavkat Miromonovich Mirziyoev va sizlarga katta minnatdorchiligimni bildiraman. Qolaversa turli yillarda futbolimiz ravnaqiga o'z xissasini qo'shgan, futbolimiz rahbarlari va mutaxassislariga futbol jamoatchiligi va o'z nomimdan katta rahmat aytaman. Ochig'i bu erda turishdan ko'ra futbol maydonida turish qulayroqdek tuyulmoqda (kuladi). Lekin futbolimiz oldida turgan og'ir, jiddiy va masuliyatli vazifalarni bilib turib, bir chekkada tomoshabin bo'lib turish, ona vatanimni sevishim, futbolni yaxshi ko'rishim va vijdonimga aslo to'g'ri kelmaydi. Albatta futbol bu jamoaviy o'yin. Agarda barchamiz birlashib, ahil bo'lib, faxriylarimiz duosini olib, mutaxassislarimiz, muxlislarimiz, hammamiz halollik bilan adolat bilan yondoshib, borimizni berib, yagona maqsad yo'lida futbolga xizmat qilsak ishonchim komilki har qanday qiyinchiliklarni engib o'tamiz", - deydi O'FA Birinchi vice-prezidenti Ravshan Ermatov. 





Reyting: +101   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика