So’nggi yangiliklar

08:00"Финалиссима-2026": Испания ва Аргентина ўртасидаги супероқшом март ойида бўлиб ўтади  0 07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  5 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3

O'FAda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha yangi boshqarma ish boshlaydi Yangiliklar

O'FAda bolalar futbolini rivojlantirish bo'yicha yangi boshqarma ish boshlaydi

Teglar :  O'FAUmid Ahmadjonov
Futbolni rivojlantirish boshqarmasi O'zbekiston Respublikasidagi barcha hududlarni qamrab oladi va futboldagi eng muhim bo'g'in bolalar futboli bilan shug'ullanadi.

Bu haqda O'FA rasmiy sayti xabar berdi.

Umid Ahmadjonovning topshirig'i bilan tuzilgan yangi tizim asosida ishlaydigan boshqarma quyidagi asosiy ishlar bilan shug'ullanadi:

- Bolalar futbolida yoshi kichraytirilgan futbolchilarga qarshi kurashish.
- Malumotlar bazasini shakllantirib borish (statistika).
- O'smirlar terma jamoasi murabbiylari selekciya ishlarini olib borishlari uchun musobaqalar tashkil etish.
- Maktabgacha talim, maktab, mahallalarda futbolni ommaviylashtirish va ular o'rtasida musobaqalar uyushtirish.

Yuqoridagi asosiy ishlardan tashqari, boshqarma barcha viloyatlarda xuddi poytaxtdagidek yuqori sifatda musobaqalarni tashkil etish bilan shug'ullanadi.

Mazkur boshqarma bo'yicha yangi ishchi guruh shakllantirilyapti va u erda jam bo'ladigan xodimlar guruhi aprel oyining uchinchi dekadasida barcha viloyatlarda bo'lib, may oyining birinchi o'n kunligida hududlar geografiyasidan kelib chiqqan holda mukammal tizim ishlab chiqadi va uni amalga tadbiq etadi.

Boshqarma O'FA va Ispaniya FF o'rtasida tuzilgan memorandum asosida O'zbekistonga Evropa futboli metodikasini tadbiq etadi. SHuningdek, Samarqand, Buxoro va Xiva kabi tarixiy shaharlarda xorij klublari ishtirokida xalqaro musobaqalarni ko'paytirgan holda turizm rivojiga ham o'z hissasini qo'shadi.

Ayni paytda bolalar klublarining xorijga chiqishini ko'p kuzatyapmiz. Har doim ham istedodli futbolchi chet elga chiqa olmaydi. Bu borada O'FA qoshidagi boshqarma bosqichma-bosqich xorij klublarini yurtimizga olib kelish bo'yicha ish olib boradi. SHunda kuchli jamoalarga qarshi maydonga chiqish imkoniyati chekka-chekka qishloq vakillariga ham nasib etadi.

O'FA boshqarmasi istedodli futbolchilar Evropa skautlari nazariga tushishi uchun musobaqalar sonini ko'paytiradi va  top-klublar skautlarini O'zbekistonga jalb qiladi.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика