So’nggi yangiliklar

01:45А Серия. "Интер" "Аталанта"ни "аямай савалади"  2 01:39Расман: "Манчестер Юнайтед" 60 миллионлик трансферни эълон қилди  1 01:00Расман: Шомуродовнинг рақобатчиси "Рома"дан кетди  5 00:46Расман: МЮ футболчиси Конте жамоасига ўтди  2 00:27Сергей Лушчан: "Қизил карточка, хатолар ва амалга оширилмаган пенальти барчаси яхшиликка"   12 23:48Камолиддин Тожиев: "Бугун бизнинг кунимиз эмас экан"  14 23:26Александр Хомяков: “Бугун байрам... ”  5 23:18Эрон. Остон Ўрунов мавсумдаги биринчи голини Ўткир Юсуповга урган учрашув якунланди  8 23:03Февзи Давлетов: “Мағлубиятга лойиқ эмасдик”  8 22:53Ўйиндан ўқ чиқди, "Арсенал"нинг 3 кунлик футболчиси 3 ҳафтага сафдан чиқди  3 22:30Ўзбекистон кубоги. "Пахтакор" - "Навбаҳор", Ибрагимов ва Чераннинг хатоси қимматга тушди  21 22:11Ўзбекистон Кубоги. "Андижон" - "Сурхон" 0:0 (пенальтилар серияси 5:4)  8 22:04Ўзбекистон кубоги. Бир киши кам бўлиб қолган "Навбаҳор" пенальтилар сериясида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, финал йўлланмасини қўлга киритди  391 21:55Ўзбекистон кубоги. "Андижон" тарихий оқшомда "Сурхон"ни мағлуб этиб финалга чипта қўлга киритди  52 21:34БАА. ОЧЛ амалдаги ғолибига қарши ўйинда Ғаниев жамоасидан супер камбэк!  1

O'FA vakillarining navbatdagi manzili Navoiy viloyati Yangiliklar

O'FA vakillarining navbatdagi manzili Navoiy viloyati

O'FA vakillarining Navoiyga tashrif buyurishdi.

25 iyun kuni O'FA vice-prezidenti SH.X.Isroilov, O'FA hududiy futbol associaciyalari bilan ishlash bo'limi boshlig'i  B.M.SHirinov hamda O'FA bolalar va o'smirlar futboli, ommaviy va musobaqalarni o'tkazish bo'limi boshlig'i M.M.Saidqosimovlardan tarkib topgan O'FA vakillari Navoiy viloyatiga tashrif buyurishdi. Tashrif chog'ida ularga viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi boshlig'i SH.P.Narzieva, boshqarma boshlig'i o'rinbosari J.Murtozoev hamda viloyat futbol associaciyasi xodimlari hamroxlik qilishdi. 

Tashrifning birinchi qismida mexmonlar Navoiy shaxridagi “Yoshlar” sport majmuasiga tashrif buyurib, sportning o'yin turlari va engil atletatikaga ixtisoslashtirilgan   bolalar va o'smirlar sport maktabi futbol to'garagi shug'ullanuvchilari bilan uchrashishdi. Uchrashuv chog'ida IBO'SM futbol murabbiyi A.Barakaevga O'FA tomonidan samarali ish faoliyat olib borayotgan murabbiy sifatida tashakkurnoma va maxsus sovg'alar topshirildi. 

SHundan so'ng O'FA vakillari viloyat futbol associaciyasining binosiga tashrif buyuurdilar. Tashrifda tashkilot joylashgan binosi bilan tanishib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish, tashkilot infratuzilmasini yaxshilash borasida fikr muloxazalar olib borildi.

Kunning ikkinchi qismida O'FA delegatciyaning “Yoshlar” sport majmuasida viloyatdagi bolalar va o'smirlar sport maktablarida faoliyat olib borayotgan futbol bo'yicha bosh murabbiylar va yo'riqchi-uslubchilar bilan birgalikda yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishni o'tkazishdan asosiy maqsad muxtaram yurtboshimizning 2019-yil 4 dekabrdagi PF-5887-sonli “O'zbekistonda futbolni rivojlantirishni mutlaqo yangi bosqichga olib chiqish chora-tadbirlari to'g'risida”gi farmoni ijrosini amalda monitoring qilish hamda Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 22 maydagi 311-sonli “Hududiy futbol associaciyalari faoliyatini yanada qo'llab-quvvatlash chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarori ijrosini taminlash va joylarda mavjud kamchiliklarni aniqlab bartaraf etish edi. Yig'ilish davomida viloyatda bolalar va o'smirlar sport maktablarida samarali ish faoliyat olib borayotgan bir qator murabbiylarga O'FAning maxsus sovg'alari va tashakkurnomalari topshirildi.




SHundan so'ng viloyat xokimiyati binosi majlisar zalida Navoiy viloyat futbol associaciyasining navbatdan tashqari xisobot saylov konferenciyasi bo'lib o'tdi. Viloyat xokimi o'rinbosari YA.R.Dushanov, O'FA hududiy futbol associaciyalari bilan ishlash bo'limi boshlig'i B.M.SHirinovlar  boshchilik qilgan konferenciya davomida viloyat futbol associaciyasining ayni vaqtdagi birinchi vice-prezidenti R.X.Boltaev o'z arizasiga ko'ra lavozimidan ozod etilib nafaqaga kuzatildi. Ko'p yillardan beri viloyat futboli rivojiga o'zining beminnat xissasini qo'shib kelayotgan, fidoyi inson, sport sharxlovchisi, viloyat futbol federaciyasi asoschisi R.X.Boltaevga viloyat xokimi Q.B.Tursunovning tashakkurnomasi topshirilib, futbolimiz faxriysiga viloyat xokimligi,   viloyat jismoniy tarbiya va sport boshqarmasi, “Qizilqum” PFK tomonidan to'n va esdalik sovg'alari taqdim eitildi. So'ng ko'p yillardan beri O'zbekiston milliy chempionatlarida xakamlik qilib kelgan oliy toifali xakam, futbol murabbiyi Obid Jumaev nomzodi viloyat xokimligi va O'FA tavsiyasiga ko'ra viloyat futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti lavozimiga ovozga qo'yildi.  Kengash ishtirokchilari tomonidan O.Jumaev nomzodi bir ovozdan  maqullanib birinchi vice-prezident lavozimiga saylandi. SHundan so'ng viloyat xokimi o'rinbosari YA.R.Dushanov so'zga chiqib, viloyatda futbol sport turini rivojlantirishda katta isloxotlar qilib bir yoqadan bosh chiqarib birgalikda bu ishni amalga oshirish va yangi bosqichga olib chiqish lozimligini takidlab o'tdi. SHu bilan birgalikda viloyat futbol associaciyasi yangi birinchi vice-prezidenti O.SH.Jumaevga kelgusidagi ishlariga omad tilab, xar bir ishda masuliyat bilan yondashish kerakligi aytib o'tdi. SHu bilan Navoiy viloyati futbol associaciyasi navbatdan tashqari xisobot saylov  konferenciyasi o'z yakuniga etdi.




Konferenciyadan so'ng O'FA vakillari Navoiy shaxridagi “Sputnik qo'rg'oni” sport–sog'lomlashtirish markazi va “Kimyogar” sport majmualarini ko'zdan kechirishdi. Bundan tashqari mexmonlar viloyat futbol maxorati maktabi tarbiyalanuvchilarining mashg'ulotlar jarayonlari qanday olib borilayotganligini ko'rish maqsadida maxorat maktabiga tashrif buyurishdi. O'FA vakillari maxorat maktabi tarbiyalanuvchilarining mashg'ulotlar jarayonini kuzatib bo'lgach,  futbol bo'yicha O'zbekiston chempionati “Coca cola Superliga” 6-turidan o'rin olgan “Qizilqum” – “Paxtakor uchrashuvini tomosha qilish uchun “Yoshlar” sport majmuasi sari yo'l olishdi. SHuning bilan O'zbekiston futbol associaciyasi vakillarining Navoiy viloyatiga tashrifi yakunlandi.



SHahboz G'ulomov Navoiy viloyatidan mahsus

Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика