So’nggi yangiliklar

13:33Луис Диас "Бавария"га ўтиш арафасида: клублар музокараларга киришмоқда  4 13:06"Спортинг" Гёкерешни Суарес билан алмаштирмоқчи  2 13:05U-16 халқаро турнири. Ўзбекистон Японияга қарши баҳс юритмоқда (онлайн ҳисоб)  5 12:39Файзуллаевнинг мураббийи: "Аббос ўзи учун тўғри қарор қабул қилади"  2 12:18Марко Верратти Қатарда жамоасини ўзгартирди  0 11:50"Комо" таркибни кучайтиришда давом этади. А Серия клуби "Селтик" юлдузини 19 млн еврога сотиб олмоқчи  4 10:50Ўзбекистон МТЖ аъзосига Туркия клуби қизиқиш билдирмоқда  4 10:24Мусиала операция қилинди  7 09:53“Навбаҳор“ футболчиси ОКМКга ўтди  4 09:22“Пахтакор“ вингери фаолиятини “Андижон“да давом эттиради  9 08:51Ўзбекистон U-16 терма жамоаси Японияга қарши баҳс олиб боради  6 08:20“Пахтакор“ Муҳаммадали Ўринбоевнинг трансферидан қанча ишлаб олди?  10 08:00Суперлига-2025. “Нефтчи” - “Хоразм” 2:0  0 07:48Анхель Ди Мария янги жамоаси билан шартнома имзолади  0 01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  1

O'FA Vadim Abramovni kechirdi Yangiliklar

O'FA Vadim Abramovni kechirdi

Teglar :  Vadim AbramovO'FA
So'nggi bor Farg'onaning “Neftchi” klubi bosh murabbiyi sifatida faoliyat olib borgan o'zbekistonlik mutaxassis Vadim Abramov professional faoliyatini davom ettirishi mumkin.

Vadim Abramov bu borada O'zbekiston futbol associaciyasiga murojaat bilan chiqqandi. Tashkilot Ijroqo'mi uning arizasini o'rganib chiqdi hamda Vadim Abramovga murabbiylik faoliyatini davom ettirish uchun ruxsat berdi.

Mazkur mutaxassis mamlakat futboli uchun salmoqli mehnat qilgan. U erishgan natijalar hurmatga loyiq. SHu bilan birgalikda Vadim Abramov ham futbolchilar, murabbiylar va mutaxassislarni hurmat qilishi lozim.

Murabbiylar, klublar rahbarlari bitta jihatni to'g'ri tushunib olishi kerak. Bundan buyon futbol bedarvoza bo'lmaydi. Har bir ish, har bir hatti-harakatning javobi bo'lmog'i lozim. Hozirda ham buni anglab etmayotgan va o'z xolicha ish olib borayotgan kishilar oramizda bo'lishi mumkin. Kimdir futbolga gard yuqtirmoqchi bo'lsa, unga oramizda joy yo'q. O'z ishini bilib, professional tarzda ado etish istagida bo'lgan, o'z ustida ishlashdan to'xtamaydigan kadrlar uchun esa barcha eshiklar ochiq.

O'FA Vadim Abramovning kelgusi faoliyatiga omad tilaydi.

Reyting: +235   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика