So’nggi yangiliklar

01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  0 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  0 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  2 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  8 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  0 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3 21:36"Динамо" назорат учрашувида "Локомотив"ни ютди  2 21:13U-23 Осиё Кубоги саралаш босқичи. Қирғизистон Шри-Ланкани йирик ҳисобда енгди ва гуруҳда биринчи бўлди  20 20:19Владо Радманович: "Афсуски, Катанецнинг ҳозирги ҳолати яхши эмас"  23 19:59Кроос: "Германия ҳозирда катта ютуқларга эриша оладиган терма жамоалар қаторида эмас"  1 19:33Остон Ўруновдан рекорд!  9 19:05Алиризо Жаҳонбахш: "Ҳакамлик ҳақида ҳеч нима демайман"  20 18:38"Арсенал" МЮ кўзлаган футболчи учун курашда фаворит  2 18:17Мустақиллик Кубоги-2025 "Uz-Galaxy"да!  2 17:55"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини сотиб олади  0

O'FA tomonidan OAV vakillari o'rtasida futbol musobaqasi o'tkaziladi Yangiliklar

O'FA tomonidan OAV vakillari o'rtasida futbol musobaqasi o'tkaziladi

Teglar :  O'FAjurnalistlar
O'zbekiston futbol associaciyasi yurtimizda futbolni ommaviylashtirish, sog'lom turmush tarzini targ'ib qilish maqsadida turli chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda.

Turli soha vakillari o'rtasida futbol musobaqalari hamda futbol festivallari tashkil etilmoqda.

Jumladan, «27 iyun - matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni» munosabati bilan O'zbekiston futbol associaciyasi shu yilning iyun oyida OAV vakillari hamda jurnalistlar o'rtasida mini-futbol musobaqasi tashkil qilishni rejalashtirgan.

Ushbu futbol musobaqasini tashkil qilishdan asosiy maqsad futbolning ommaviyligini oshirish, aholi o'rtasida sog'lom turmush tarzini keng targ'ib etish, musobaqa ishtirokchilari o'rtasida o'zaro do'stona aloqalarni kuchaytirishdan iborat.

Musobaqa O'zbekiston futbol associaciyasining suniy qoplamali futbol maydonlarida tashkillashtiriladi.

Ushbu futbol musobaqasida ishtirok etishni istagan OAV vakillari O'zbekiston futbol associaciyasining matbuot xizmatiga media@the-uff.com elektron pochtasi orqali murojaat etishlari mumkin.

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика