So’nggi yangiliklar

11:35Франк Лебёф: "Реал"да Беллингем, Винисиус ва Мбаппе бор – бу муаммо"  2 10:45"Ливерпуль" марказий ҳимоячи учун 90 миллион евро тўлаши мумкин  2 10:18Семеньонинг янги жамоаси маълум (Романо)  1 09:52Рўзиқул Бердиев: "Йигитлар майдонда бор кучларини ишга солишди"  12 09:22"Челси" ва "Манчестер Юнайтед" "Барселона"нинг собиқ ҳужумчиси учун курашмоқда  2 08:55"Манчестер Сити"нинг марказий ҳимоячиси қишда жамоадан кетиши мумкин  3 08:30Элит ОЧЛ. "Ал Иттиҳод" – "Насаф" 1:0  2 08:27Вадим Абрамов: "Таркиб асосини деярли сақлаб қолдик, кетганлар ўрнига янги ўйинчиларни таклиф қиламиз"  3 07:59ОЧЛ 2. Бугун "Андижон" плей-офф йўлланмасини қўлга киритиши мумкин  9 07:30Sofascore. Саудиядаги мағлубиятдан сўнг "Насаф" футболчилари неча баҳо олишди?  2 03:25Англия лига кубоги. "Арсенал" "Кристал Пэлас"ни пенальтилар сериясида мағлубиятга учратди. Ярим финалдаги рақиб – “Челси”  8 01:28Самвел Бабаян: “Бизда бир қатор йўқотишлар бор. Гуруҳдан чиқиш вазифасини бажаришимиз керак”  8 01:10Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди  67 00:55“Ал Аҳли” бош мураббийи: “Андижон” мусобақа давомида кучли жамоалигини кўрсатди”  1 00:25"Челси" Семеньо трансферидан воз кечди  1

O'FA terma jamoa azolari ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasida katta tadbir o'tkazadi Yangiliklar

O'FA terma jamoa azolari ishtirokida Qoraqalpog'iston Respublikasida katta tadbir o'tkazadi

1 iyun - Xalqaro bolalar kuni munosabati bilan Qoraqalpog'iston Respublikasining markazi Nukus shahridagi "Turon" stadionida O'FA tomonidan katta tadbir tashkil etiladi.

Dastlab, shu kuni soat 17:00da boshlanadigan tadbirning ilk qismida, qoraqalpog'istonlik yoshlar uchun O'FAning maxsus futbol festivali bo'lib o'tadi. 200 nafar jajji bolajonlarga shu kuni Doston Hamdamov, Otabek SHukurov va Eldor SHomurodov kabi O'zbekiston milliy terma jamoasi azolari master-klass o'tadilar. Futbol bilan bir qatorda, hududdagi yosh velopoygachilarning chiqishini ham ko'rishingiz mumkin bo'ladi. SHu bilan bir qatorda, sportning engil atletika turi bo'yicha musobaqa tashkil etiladi.

SHundan so'ng Azamat Abduraimov boshchiligidagi O'zbekiston o'smirlar terma jamoasi ilk o'rtoqlik uchrashuvini Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatlaridan tashkil topgan hudud terma jamoasiga qarshi o'tkazadilar. Tanaffus paytida ham muxlislar zerikib qolmaydilar, koncert dasturi davom etadi.

Undan avval O'FAning ishchi guruhi hamda futbolchilar Qoraqalpog'iston Respublikasidagi maktabgacha talim muassasalarida master klasslar o'tkazib, sovg'alar bilan bolakaylarni xursand qiladilar.

Qoraqalpog'istonlik muxlislarni 1 iyun kuni soat 17:00dan boshlab "Turon" stadioniga taklif etamiz!

Reyting: +11   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика