O'FA Srechko Katanec bilan aloqaga chiqdi
08 avg 2021 14:15
Yangiliklar
O'FA Srechko Katanec bilan aloqaga chiqdi
O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichi uchinchi raundga o'ta olmagach, bosh murabbiy Vadim Abramov ishdan bo'shatildi. SHundan beri terma jamoamiz ruli hozircha murabbiysiz qolyapti.
Katta ehtimol bilan navbatdagi murabbiy xorijlik bo'ladi, chunki O'FA asosan chet ellik mutaxassislar nomzodini o'rganib chiqyapti. Kecha tashkilot o'z vaqtida "Paxtakor"ni boshqargan Miodrag Radulovichga taklif yuborgani haqida malumot bergandik.
Bugun esa Iroq terma jamoasi sobiq bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan aloqaga chiqilgani haqida xabar topdik. Malum bo'lishicha, Katanec o'ylab ko'rish uchun vaqt olgan.
Eslatib o'tamiz, Srechko Katanec Iroq termasi bilan JCH saralash uchinchi raundga yo'l olganiga qaramay, besh oydan beri maosh olmagani bois o'z xohishiga ko'ra istefoga chiqarildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar