So’nggi yangiliklar

01:15Шешко сабабли МЮ ўз ҳужумчисидан воз кечмоқда  1 00:49Зидан келаси йили мураббийликка қайтиши кутилмоқда  0 00:17Шешко Каррингтонда  0 23:59Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" сафарда иродали ғалабага эришди, Шомуродов захирадан ўйинга қўшилди  31 23:31Рўзиқул Бердиев: "Охирги зарбани беришда совуққонлик етишмади"  12 23:20Максим Шацких: "Бугун ютишимиз ҳам, ютқазиб қўйишимиз ҳам мумкин эди"  5 22:55Here we go! "Барселона" асосий ҳимоячиси "Ал Насср"га ўтмоқда  0 22:40Баҳром Ҳайдаров: "Ҳар бир гапимиз баҳонага ўхшаб қоляпти"  3 22:08Виталий Левченко: "Биз ҳам "Қўқон-1912"га ёрдам қилдик"  7 21:58Суперлига. "Насаф" ўз уйида "Андижон" билан дуранг ўйнади  107 21:42Биласизми? "Нефтчи" бу йил сафар ўйинларида мағлуб бўлмади  2 21:24"Қўқон-1912" 3 ойдан бери ғалаба қозона олмаяпти  3 21:08Суперлига. "Нефтчи" сафарда "Қўқон-1912"ни қийинчилик билан мағлуб этди  19 20:45"Реал" 3 нафар футболчисига янги шартнома таклиф қилмайди  4 20:20Нестеров, Кападзе, Жепаров, Машарипов... Мирко Еличич ўз қўл остида ўйнаган футболчилардан иборат рамзий жамоа тузди  6

O'FA rahbariyati O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA rahbariyati O'zbekiston U-20 terma jamoasi azolari bilan uchrashdi

Teglar :  O'zbekiston U-20
2025 yilning fevral oyida Xitoyda 20 yoshgacha futbolchilar o'rtasidagi Osiyo kubogi musobaqasi bo'lib o'tadi.

O'zbekiston yoshlar terma terma jamoasi guruh bosqichida Indoneziya, Yaman va Eron jamoalariga qarshi bahs olib boradi.

Ayni paytda vakillarimiz o'quv-mashg'ulot yig'inlari orqali mazkur musobaqaga tayyorgarlikni davom ettirmoqda. Bugun O'FA rahbariyati yoshlar jamoamiz bilan uchrashdi. Unda jamoa oldida turgan ushbu musobaqa haqida fikr bildirilar ekan, O'zbekiston turnirning amaldagi g'olibi ekanligi, terma jamoa bu gal ham musobaqada munosib ishtirok etgan holda CHilida o'tadigan Jahon chempionatiga yo'llanmani qo'lga kiritishi zarurligi takidlandi. Bu borada associaciyasi tomonidan barcha sharoitlar tashkil etib berilishi aytildi.

O'z o'rnida jamoamizning bir qator etakchi futbolchilari ham fikrlarini bildirib o'tishdi. Murabbiylar shtabi bilan jamoaning ayni paytdagi holati va tayyorgarlik jarayoni haqida suhbatlashildi. Tibbiy shtabga futbolchilarning sog'ligi, tiklanishi va vitaminizaciyalash jarayoni, shuningdek, futbolchilarga yuqori darajadagi tibbiy yordam ko'rsatish amaliyotini davom ettirish ko'rsatmasini berdi.

Eslatib o'tamiz, jamoamiz 15, 18 noyabr kunlari Osiyo kubogining yana bir ishtirokchisi — Iroq yoshlar jamoasiga qarshi nazorat o'yinlarida maydonga tushadi.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика