So’nggi yangiliklar

23:10"Хоразм" ўтган мавсум Суперлигада тўлиқ ўйнаган ягона ўйинчини ўз сафига қўшиб олди  0 22:47"Атлетико" — "Реал". Таркиблар маълум  4 22:28ПСЖ — "Марсель". Франция Суперкубоги ўйини учун таркиблар маълум  0 22:09БАА Про лигаси. "Дибба" ўз уйида "Хорфаккан"дан устун келди, Абдуллаев баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:39"Ювентус" октябрь ойида ишдан бўшатилган Тудор билан шартномани бекор қилди. Мураббий бошқа клубни бошқариши мумкин, аммо А Сериянинг эмас  0 20:54"Тоттенхэм" "Вулверхэмптон" ҳужумчисига даъвогарлик қилмоқда  0 20:24“Бунёдкор” мураббийлар штабига италиялик мутахассис қўшилди  1 20:07ОКМК машғулотлари Championat.asia объективида  2 19:31"Барселона" тарихий рекорд ўрнатди  9 19:07ОКМК Олимпия шаҳарчасида мавсумга ҳозирлик кўрмоқда  1 18:50Расман: Отабек Боймуродов — "Сурхон" футболчиси  7 18:30Нигерия термаси футболчилари мукофот пулларини олмаса, Жазоирга қарши ўйинга бормаслик билан таҳдид қилмоқда  6 18:01ФИФА ЖЧ иштирокчиси бўлган ҳар бир футболчи учун 3D-профиль яратади  0 17:34"Барселона" Рэшфордни тўлиқ сотиб олишдан воз кечди  7 17:06"Челси" Леау учун жиддий қадам ташламоқда  6

O'FA prezidenti Abdusalom Azizov MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan uchrashdi Yangiliklar

O'FA prezidenti Abdusalom Azizov MTJ bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan uchrashdi

Teglar :  Abdusalom Azizov
Xabaringiz bor, O'FA tomonidan O'zbekiston milliy terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlash maqsadida xorijiy va mahalliy murabbiylar nomzodi sinchikovlik bilan o'rganib chiqildi.

Murabbiylar kengashi hamda mutaxassislar tahlil va tavsiyasiga ko'ra sloveniyalik tajribali murabbiy Srechko Katanec nomzodi maqul deb topildi.

O'FA rahbari Srechko Katanec boshchiligidagi Milliy terma jamoamiz murabbiylar shtabiga O'zbek xalqining azaliy orzusi hisoblangan Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritish vazifasini qo'ydi. Bu yo'lda kelajakni ko'zlab, yosh, istedodli, kurashuvchan va vatanparvar futbolchilardan iborat raqobatbardosh tarkibni shakllantirish zarur ekanligini alohida takidladi. 

O'z navbatida, Srechko Katanec ishonch va imkoniyat uchun O'FA rahbariyatiga minnatdorchilik bildirdi hamda bor bilim va tajribasini ishga solgan holda har bir o'yinda jamoani faqatgina g'alaba tomon etaklashini aytib o'tdi.

Malumot o'rnida, bugun Srechko Katanecning O'zbekiston futbol associaciyasi bilan shartnoma imzolash marosimi bo'lib o'tdi. SHartnomaga ko'ra, sloveniyalik mutaxassis 2025 yilga qadar O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida faoliyat yuritadi.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика