So’nggi yangiliklar

12:49ЖЧ-2022 ярим финалчиси Ўзбекистон билан ўртоқлик ўйини ўтказмоқчи  0 12:20"Насаф" "Бухоро" дарвозасига 5 та тўп йўллаган баҳсдан ГАЛЕРЕЯ  0 11:55Аргентина ва Албания ирқчилик туфайли 6 хонали рақамдан иборат жаримага тортилди  2 11:19U-23 Осиё кубогига қуръа ташлаш санаси маълум  11 10:57"Реал" ва Испания терма жамоасининг собиқ футболчиси фаолиятини Гонконг чемпионатида давом эттиради  0 10:30Португалия футболи юлдузлари "Шон-шараф" залига киритилди  1 10:04МЮнинг яна бир футболчи фаолиятини Туркияда давом эттиришга яқин  1 09:38Опта ЕЧЛ ғолиблигига даъвогарлар рейтингини тузиб чиқди  8 09:10Холанд Молдовага урилган голлар учун дарвозабондан узр сўраган  5 08:43"Ал Иттиҳод" 20 ёшли сербиялик футболчига 21 миллион евро тўлади  3 08:16Суперлига. Бугун Қашқадарё дербиси бўлиб ўтади  0 07:44Криштиану Роналду яна бир совринга эга чиқди  8 01:0140 ёшли Фабиански яна "Вест Хэм"га қайтди. Дарвозабон ўтган мавсум охирида клубни тарк этганди  0 00:41Расман: Эриксен эркин агент сифатида "Вольфсбург"га ўтди  0 23:42Рўзиқул Бердиев: "Беш кишилик ҳимояни ёриб ўтишни яхши уддаладик. Элит ОЧЛда муносиб бўлишга ҳаракат қиламиз"  6

O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov futbolimizning bugungi muammolari va kelajakdagi rejalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi Yangiliklar

O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov futbolimizning bugungi muammolari va kelajakdagi rejalariga bag'ishlangan yig'ilish o'tkazdi

O'FA Prezidenti Abdusalom Azizov associaciya rahbariyati, boshqarma hamda bo'limlar rahbarlari bilan yig'ilish o'tkazdi.

Unda futbolimizdagi mavjud muammolar hamda tashkilotning yaqin kelajakdagi rejalari muhokama qilindi.

Dastlab viloyat futbol associaciyalarining bugungi faoliyati ko'rib chiqildi. Bu tizimdagi muammolarni bartaraf etish choralari, associaciyalarni moddiy qo'llab-quvatlash, kadrlar malakasini ko'rib chiqish, mahalliy xokimiyatlar bilan hamjihatlikda viloyatlarda futbolni rivojlantirish borasida ko'rsatmalar berildi.

O'FA rahbarining asosiy talablaridan biri futboldagi adolat va halol o'yin principlariga to'liq rioya qilishni taminlash. Kelishilgan o'yinlar hamda totalizatorga qarshi kurashish borasida xuquqni muxofaza qilish organlari bilan yaqindan hamkorlik qilgan holda, bu nopok yo'l bilan futbolimizni orqaga tortayotganlar, muxlislarning qiziqishini so'ndirayotganlar aniqlanadi va tegishli jazoga tortiladi.

Yaqin muddat ichida O'zbekiston milliy terma jamoasi, olimpiya va yosh toifadagi terma jamoalarimiz saralash turnirlariga kirishadilar. O'FA Prezidenti terma jamoalarimizning ish rejalari bilan yaqindan tanishdi. Darvoqe, milliy terma jamoamizning yaqin vaqt ichida o'tkazadigan o'yinlari uchun “Milliy” stadion maydoni hali talab darajasida emasligi etirof etildi. Yil oxirigacha ushbu stadion chimini tartibga keltirish vazifasi qo'yildi. Unga qadar terma jamoalar boshqa stadionlarda ham uchrashuvlar o'tkazishi taklifi berildi.

O'zbek futbolining mavqeini halqaro maydonda mustahkamlashda FIFA va OFK bilan yaqindan hamkorlik qilish, ushbu tashkilotlarning, qolaversa, muxlislarning ishonchini qaytarish juda muhim ekani ham alohida takidlandi. Abdusalom Azizov halqaro hamkorlar bilan munosabatlar va kelajakdagi o'zaro loyihalarni to'liq qo'llab-qo'vvatlashi haqida aytib o'tdi.

SHuningdek, O'FA Prezidenti tomonidan bolalar futbolidagi ahvolni yaxshilash, ular uchun muntazam turnirlar tashkil etish kerakligi takidlandi. O'smir va yoshlarning katta futbolga o'tish jarayonidagi muammolar, ularning professional futbolchi sifatida shakllanishi, milliy terma jamoaga munosib futbolchi bo'lib etishishi bo'yicha hozirgi kunda mavjud bo'lgan kamchiliklarni bartaraf etish kerakligi aytib o'tildi. Bu borada qitamizning futboli jadal rivojlanayotgan mamlakatlari, xususan, Yaponiya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari tajribalari yaqindan o'rganib chiqiladi va mutaxassislarning tajriba almashinuvi yo'lga qo'yiladi.

Terma jamoalarimizda dietalogiya va vitaminizaciya etishmasligini Abdusalom Azizov alohida etirof etib, tez orada malakali shifokorlardan iborat guruh tuzilib, bu yo'nalishni kuchaytirishga ko'rsatma berdi.



Yig'ilishda marxum Paxtakor-79 jamoasi azolariga alohida to'xtalib o'tildi.


- “Habaringiz bor, bu yil Paxtakor-79 aviahalokatiga 40 yil to'lmoqda. Bu nafaqat “Paxtakor” klubi, balki butun o'zbek futboli uchun katta fojeadir. Biz hech qachon futbolimizning faxri bo'lmish ushbu jamoani unutmasligimiz va hamma vaqt ularning xotirasini yod etishimiz zarurdir. SHuning uchun ham O'zbekiston futbol associaciyasi ushbu sana munosabati bilan o'tkaziladigan barcha tadbirlarda faol ishtirok etishi, mazkur sana arafasida bo'ladigan Superliga uchrashuvlarida o'tganlar xotirasiga xurmat bajo keltirishi, jamoa azolarining yaqinlariga etibor qaratishi zarur”, deya takidladi Abdusalom Azizov.

Qayd etish joiz, futbolni rivojlantirishda homiylar va hamkorlar ko'magisiz ko'p narsaga erishib bo'lmaydi. Associaciya ham o'z navbatida yurtimiz va xorijning katta kompaniyalari bilan o'zaro manfaatli aloqalarni yo'lga qo'yish borasida ish olib boradi.

Stadionlarda bayramona atmosferani yuzaga keltirish, muxlislik madaniyatini oshirish ham muhim masalalardan biri hisoblanadi. Hozirgi kunda ham o'yinlar paytida futbolchilar, murabbiylar, hakamlarga qarata xaqoratlar yangrashi kabi futbolimiz mavqeini tushiradigan vaziyatlar uchrab turibdi. Bu esa o'z navbatida stadionlarga oilaviy borilishga to'sqinlik qilyapti. Associaciya tomonidan muxlislik madaniyatini oshirish uchun maxsus loyihalar, tadbirlar, ijtimoiy roliklar tayyorlanyapti.

Abdusalom Azizov milliy chempionatimizda tartib intizomni kuchaytirish zarurligini ham alohida takidladi.

- “Xozirda jamoalarda murabbiy va futbolchilar shartnomalari borasida noaniqliklar uchrab turishidan xabarim bor. Qisqa muddatli shartnomalar o'rnini ikki tomonning majburiyatlari to'liq aks etgan professional shartnomalar egallashi kerak. SHunda murabbiylar ham malum muddat o'z jamoasi bilan ishlab, uni kuchaytirish haqida o'ylaydi. Futbolchilar ham bir yil o'tar-o'tmasdan o'ziga boshqa klub qidirishga tushmaydi. Reglament, chempionat formati va jamoalar sonini har yili o'zgartirishni to'xtatamiz. Keyingi mavsumda ham jamoalar soni shunchaligicha qoladi va superligaga chiqadigan jamoa sport principlari asosda kurashib yullanmaga ega chiqsin. Turli aralashuvlar orqali jamoalarni yuqori ligalarga olib chiqishga bo'lgan urinishlarga yo'l qo'yilmaydi”, - deya takidladi Abdusalom Azizov.

Ko'rib chiqilgan masalalar bo'yicha boshqarma rahbarlariga ko'rsatma va topshiriqlar berildi.

Reyting: +30   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика