O'FA hamda MOQ rahbariyati Olimpiya terma jamoa murabbiylari bilan uchrashdi
13 avg 2019 13:24
Yangiliklar
O'FA hamda MOQ rahbariyati Olimpiya terma jamoa murabbiylari bilan uchrashdi
Uchrashuv davomida terma jamoa oldiga qo'yilgan vazifalar, o'tkazilayotgan o'quv-mashg'ulot yig'inlari, Osiyo chempionatiga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.
Terma jamoa murabbiylar shtabi hozirga qadar amalga oshirilgan ishlar to'g'risida malumot berib, oldindagi masuliyatli musobaqa – U-23 Osiyo chempionatiga tayyorgarlik rejasi bilan tanishtirishdi.
MOQ prezidenti Rustam SHoabdurahmonov Olimpiya terma jamoasi bosh murabbiyi Lyubinko Drulovichga barcha masalalarda to'liq ishonch bildirishi va qo'llab-quvvatlashini bildirib o'tdi.
O'z navbatida O'FA hamda MOQ rahbariyati O'zbekiston olimpiya terma jamoasining qita chempionatiga munosib hozirlik olib borishi uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratib berilishini bildirib, asosiy maqsad – Tailandda o'tadigan musobaqada muvaffaqiyatli ishtirok etish va Olimpiada o'yinlariga yo'llanma qo'lga kiritish ekanini aytib o'tishdi.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Испания кубоги. "Барселона" "Атлетико"ни йирик ҳисобда ютган ўйинда мадридликлар финалга йўл олди
Ҳамдамовга аталган оқшомда "Пахтакор" "Қўқон-1912"ни сафарда қийинчилик билан енгди
Умид Ҳамроев учрашув қаҳрамони бўлган баҳсда "Бухоро" "Навбаҳор"ни меҳмонда мағлуб этди
"Атлетико"ни йирик ҳисобда мағлуб этиб, кубокдан чиқиб кетган Флик нималар деди?
Fikrlar