So’nggi yangiliklar

15:46"Хоразм" 6 нафар футболчи кетганини эълон қилди  0 15:20"Андижон" "Сурхон" ярим ҳимоячисини қўлга киритди  0 14:52Рафинья фаолиятини якунлаганини маълум қилди  0 14:28"Интер" BYD билан ҳамкорлик қилади  2 14:00Эндрик 18 ёшида уйланди, Холанд Римда дам олмоқда. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  0 13:53Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  9 13:36Эшитдик-да! "Сўғдиёна" Люпчо Дориевга йирик миқдорда товон пули белгилаган  8 13:10Эшитдик-да! Рустам Турдимуродов "Сурхон"га ўтади  8 12:56"Ньюкасл" ҳимоячисини "Манчестер Сити"га қўйиб юбормоқчи эмас  1 12:31Расман: "Пахтакор" ироқлик ҳимоячи трансферини эълон қилди  4 12:19Манба: Тожикистон собиқ устози Сегрт Ўзбекистон терма жамоаси бошқарувига келиши кутилаётган Лёвга ёрдам бериши мумкин  15 11:54Асрор Алиқулов жамоадан кетгани йўқ — "Машъал"  1 11:34Қирғизистон клуби "Қўқон-1912"ни мағлуб этди  2 11:21"Машъал" андижонлик футболчи билан шартнома имзолади  4 10:50"Нефтчи"ни яна бир тажрибали футболчи тарк этиши мумкин  4

O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Jizzaxda bo'lishdi Yangiliklar

O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari Jizzaxda bo'lishdi

Teglar :  O'FAJizzax
O'zbekistonda futbolni eng dastlabki bo'g'ini - bolalar futbolidan boshlab isloh qilishni maqsad qilgan O'FA O'zbekiston Respublikasining barcha hududlarini ichidan o'rganishni maqsad qilgan.

SHu munosabat bilan O'FA Futbolni rivojlantirish boshqarmasida yangi ishchi guruh tuzildi. Ayni paytda guruh vakillari O'FAning birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonovning topshirig'i bilan ayni paytgacha Qoraqalpog'iston Respublikasi, Xorazm viloyatlari va vodiyda bo'lib qaytdilar. 9 may kuni ishchi guruh Jizzaxda bo'ldi.

Quvonarlisi shundaki, Jizzaxda 2003-2006 yillar oralig'ida tug'ilgan futbolchilar o'rtasida viloyat birinchiligi start olishi arafasida. Aslida O'FAning maqsadi ham shunday, barcha viloyatlarda o'z chempionatlarini ishga tushirish. Boshqarma azolari Jizzax, Paxtakor, SHarof Rashidov va G'allaorol tumanlarida bo'ldilar.

Viloyatda futbol klublari asosan BO'SMlar orqali shakllanadi. Tabiiyki, bu tumanlardagi bolalarni ehtiyojini qondira olmaydi. SHuning uchun sentyabr oyidan etiboran barcha hududlardagi maktablarning terma jamoalari shakllantiriladi va viloyat futbol federaciyasi tomonidan nazoratga olinadi. SHu yo'l orqali O'FA Jizzaxning chekka qishloqlaridan ham chiqadigan istedodlarni payqash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Futbolni rivojlantirish boshqarmasi vakillari 10 may kuni Samarqandda bo'lsalar, 11 mayda Qashqadaryo viloyatining tumanlari bilan yaqindan tanishadilar.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика