So’nggi yangiliklar

19:17АПЛ. "Арсенал" ўз уйида "Ноттингем Форест"ни йирик ҳисобда таслим этди, Субимендидан дубль!  17 19:00Суперлига. "Пахтакор" – "Нефтчи" (матнли трансляция)  45 18:41"Реал Сосьедад" — "Реал Мадрид". Таркиблар маълум  10 18:00"Қўқон-1912" — "Қизилқум" 2:1 (матнли трансляция)  8 16:57Пепе Ла Лигада ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди. "Вильярреал" форварди Ямал ва Мбаппени ортда қолдирди  0 16:28"Манчестер Сити" "Барселона" ярим ҳимоячисини нишонга олди  2 15:19ЎзЭл Классикосига превью  15 14:54"Истанбул Башакшехир"нинг янги бош мураббийи маълум  6 14:23Бернарду Силвага Португалия топ-клуби қизиқиш билдирмоқда  0 13:48"Реал" АПЛ футболчиси учун 60 млн евро таклиф қилмоқчи  1 13:08Эриксен нега "Вольфсбург"га ўтишга қарор қилганини айтди  0 12:32Гави тахминан икки ойни ўтказиб юбориши мумкин  2 11:58"Монтеррей" Марсьяль трансферини эълон қилди  1 11:20Февзи Давлетов: "Навбаҳор" билан ўйинда биз ғалабага яқинроқ эдик"  6 10:58Азиз Ибрагимов: "Учрашув дерби мақомида ўтади, аммо ғалаба "Пахтакор"ники бўлади"  15

O'FA Etika qo'mitasi to'liq islohotga muhtoj. Norsafarov va boshqalarga adolatsizlik qilindimi? Yangiliklar

O'FA Etika qo'mitasi to'liq islohotga muhtoj. Norsafarov va boshqalarga adolatsizlik qilindimi?

Biroz oldin O'FA Etika qo'mitasining hakamlar yuzasidan qarorlari elon qilindi.

Bu borada shaxsan o'zimda bir nechta xulosa va fikrlar uyg'ondi. Shularni bo'lishishga qaror qildim

1. Nima uchun bu yanvar oyidayoq elon qilinmadi? Faqatgina Asimov faoliyatini yakunlagani haqida bayonot berildi, xolos. Vaholanki, Asimov ham, Karimovda ham ayblovlar, natijaga tasiri borlikda aloqador bo'lib chiqdi. Ular jimgina chamadonni yig'ishtirib qo'ya qolishdi va osongina qutulishdi. 

2. Akobirxo'ja Shukurullaev, Abdurashid Xudoyberganov Firdavs Norsafarov o'sha vaqtda  gap 2024 yilning avgusti haqida ketmoqda malum muddatga chetlashtirilgan. Lekin nima uchun na O'zFHM, na O'FA Etika qo'mitasining bu haqidagi malumotnomasi ommaga taqdim qilinmadi. Shaffoflikning faqat ustki oynasi shaffof bo'lib chiqyaptimi? Oyna ortida nima ishlar bo'layotganini bilgan bilyapti bilmagan yo'q. Xullas yangi mavsum boshlanishidan biroz o'tib bu uch hakamga nisbatan qo'llanilgan cheklov vaqti tugagan. Demak hech qanday ayb yoki boshqa argument topilmagan degan xulosa kelyapti. Ortda qolgan 7 oyni ular shunchaki o'tkazishdi. Firdavs Norsafarov JCH-2026da VAR hakami sifatida ishtirok etishi mumkin edi, ro'yxatga kiritilgandi ham. Hakamlar O'zFHM degan tashkilotniki. Shunday ekan ularning ham bu qarorlarga tasiri bo'lganmi yoki yo'q degan savollar ham qiynamoqda. 

3. Joriy mavsum 5 ta turi avvalgi yillarga nisbatan jiddiy xatolardan xoli o'tdi desak mubolag'a bo'lmaydi.  Vaholanki, bir paytlar VAR ranglari adashtirib yuborilgan, noto'g'ri qarorlar sabab ochko yo'qotishlar ilk turdanoq boshlanib ketgan yillarni ko'rganmiz. O'yinlar shiddatli o'tishini, 22 kishining mehnatini maydondagi 3 kishi o'zgartirib yubormasligi tarafdoriman. Maydonda futbol ko'raylik, tamom. 

4. O'FA Etika qo'mitasi to'liq reformaga muhtoj.  Bugungi tezkor zamonda 7 oy oldingi voqea ustidan bugun qaror chiqarilganini malum qilinishi o'ta tushunarsiz. Ular diskvalifikaciya yoki shunga o'xshash vaziyatlarga aniqlik kiritib ommaga aytgunicha futbolchi, hakam, murabbiy va boshqalarning muddati tugab qaytadi ham. 

A.Iskandarov

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика