So’nggi yangiliklar

11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  0 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  1 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  4 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0 09:37Суперлига. Бугунги учрашувларни кимлар шархлайди?  10 09:24Кунде: "Рекордни янгиламоқчиман"  0 08:57"Ювентус" Артурни ижарага беради  1 08:27Sofascore. Кечаги учрашувда Шомуродов ва Файзуллаев неча баҳога лойиқ кўрилди?  11 08:00Конференциялар лигаси саралаши. "Истанбул Башакшеҳир" - "Крайова" 1:2  4 07:56Суперлига. Бугун бизни яна иккита учрашув кутиб турибди  12 07:35Суперлига. "Нефтчи" йирик ҳисобда ғалаба қозонди, "Бухоро" – "Қўқон-1912" баҳсида эса ўйин тақдирини битта гол ҳал қилди  1 07:30Расман. "Ювентус" футболчиси АПЛга кўчиб ўтди  0 01:52Конференциялар лигаси саралаши. "Кристал Пэлас" илк ўйинда ўз майдонида кичик ғалаба қайд этди  1 01:15"Манчестер Сити" марказий ҳимоячисини сотиб юборди  1

O'FA bugungi o'yinlarda hakamlar xatosiz ishlaganini malum qildi Yangiliklar

O'FA bugungi o'yinlarda hakamlar xatosiz ishlaganini malum qildi

Teglar :  Superliga
O'FA matbuot xizmati Superliganing 7-turi doirasida 6 may kuni bo'lib o'tgan o'yinlarda hakamlar natijaga tasir qiluvchi jiddiy xatolar qilmaganini malum qildi.

"Coca-Cola Superligasining 7-turidan o'rin olgan uchrashuvlardagi ayrim vaziyatlarga O'zFHM mutaxassislari izoh berishdi.

Xususan, “Navbahor” — “Bunyodkor” jamoalari o'rtasidagi bahsning 39-daqiqasida mezbonlar futbolchisi raqib jarima maydonchasiga kirib kelganda to'pga birinchi bo'ldi va himoyachi uni avval chap oyog'i bilan old tomondan, so'ng o'ng oyog'i bilan raqib tizzasining ortiga kontakt sodir qildi. Ushbu vaziyatda hakam 11 metrlik belgini ko'rsatdi. Mutaxassislar fikriga ko'ra bu qaror to'g'ri bo'ldi.

Mazkur o'yinning 75-daqiqasida havodan kelgan to'p “Bunyodkor” futbolchisining avval elkasiga, so'ng qo'liga tegib maydonni tark etdi. Tezkor dinamikada bosh hakam uchun bu vaziyatni ko'rish murakkab bo'lgani sabab, holatni VAR hakamlari ko'rib chiqishdi. Ehtimoliy penalti uchun hakam maxsus monitorga taklif qilindi. Vaziyatni takroriy lavhalar orqali ko'rilgach, to'p avval futbolchining elkasiga, keyin esa qo'liga tekkani, qo'l tabiiy holatida emasligi sabab penalti belgilashga qaror qildi. Mutaxassislar fikriga ko'ra hakam qarori to'g'ri bo'ldi.

Uchrashuvning 90+3 — daqiqasida “Bunyodkor” vakillari burchakdan to'pni o'yinga kiritgan vaqtda jarima maydonchasi ichida futbolchilar yiqildi. Hakam bu vaziyatda himoyachi va hujumchi bir-birini ushlagan degan qarorga kelib, o'yinni davom ettirish kerakligini ko'rsatdi. VAR hakamlari ham holatni ko'rib chiqqach bosh hakam qarorini maqulladilar. Mutaxassislar fikriga ko'ra ushbu vaziyatda ham hakamlar qarori to'g'ri bo'ldi.

SHuningdek, Toshkentda bo'lib o'tgan “Surxon” — “Qo'qon-1912” jamoalari o'rtasida kechgan bahsning 82-daqiqasida qo'qonlik futbolchi raqib jarima maydonchasi ichida yiqildi. Hakam avvaliga 11 metrlik nuqtani ko'rsatdi, biroq yordamchi hakam uni yoniga chaqirib, holatni o'zi ko'rgan nuqtadan tushuntirdi va penaltini bekor qilishni tavsiya qildi. Yordamchi hakam ko'rsatmasiga ko'ra belgilangan penalti bekor qilindi.

Vaziyat mutaxassislar tomonidan takroriy lavhalarda ko'rib chiqilgach, “Surxon” futbolchisi to'pga o'ynagani va uning oyog'iga hujumchi kelib urilgani ko'rildi. Mutaxassislar fikricha, bosh hakamning egallagan poziciyasi unchalik ham yaxshi bo'lmagani uchun unga bu vaziyat penaltidek ko'ringan bo'lishi mumkin. Bu vaziyatda yordamchi hakamning tavsiyasi to'g'ri bo'lgan va yakuniy qaror to'g'ri chiqarilgan.

Eslatma o'rnida shuni qayd etish joiz, uchrashuv davomida bosh hakamning qaroriga uning yordamchilari yoki VAR hakamlari o'zlarining tavsiyalarini berish imkoniyatiga egalar", - deb yoziladi bayonotda.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика