

Ushbu uchrashuvda O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi va Ispaniya futbol federatsiyasi o'rtasida hamkorlik qilish bo'yicha kelishuvga erishilgani xaqida avval xabar berib o'tgan edik.
Hozirda ushbu uchrashuvda imzolangan bir qator kelishuvlarga asosan O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasining futbol akademiyalari faoliyati bo'limi boshlig'i Zokirjon Xoliqov Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi tomonidan tashkil qilinayotgan UEFAning "A" licenziyasini beruvchi intensiv murabbiylik kurslarida tahsil olmoqda.
O'zbekiston futbol Assotsiatsiyasi tomonidan nafaqat futbolni rivojlantirish, balki ushbu sohada faoliyat ko'rsatuvchi mutaxassislarni tayyorlash va ularning malakasini oshirish yo'lida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar muntazam davom ettiriladi.



