So’nggi yangiliklar

10:56Ла Лигада ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  2 10:30ФИФА президенти Қатардаги портлашларга муносабат билдирди  5 10:02Қизил карточка, эҳтимолий пенальти ва четлатиш. "Алё, рэф!" ҳакамларнинг Ўзбекистон - Эрон учрашувидаги қарорларини таҳлил қилди  11 09:37Эшитдик-да тасдиқланди. Шерзод Игамбердиев расман ЎФАдан кетди  13 09:11Суперлига. Бугун ФИФА кунларидан сўнг навбатдаги турга старт берилади  4 08:40Криштиану Роналду яна бир рекордни такрорлади  9 08:10U-23 Осиё кубоги. Финал босқичига йўл олган барча жамоалар номи маълум  13 07:48ЖЧ масаласини ҳал қилган Бразилия ва Аргентина мағлуб бўлди ва бошқа натижалар  0 01:39ЖЧ-2026 саралаши. Норвегиядан 11:1, Холанддан 5та гол, Англиядан йирик, Португалиядан иродали ғалаба  14 01:15АПЛда ким чемпион бўлади? "CIES" тахмин қилиб кўрди  4 00:44"Фенербаҳче" Моуриньюдан кейинги бош мураббийини эълон қилди  2 00:14Холанд термадаги 45-ўйинида 44-голини урди  7 23:49Халқаро ўртоқлик турнири. Ўзбекистон U-17 Марокашга мағлуб бўлди  14 23:24Меньяннинг "Челси"га ўтмагани сабаби маълум бўлди  2 22:27Футзал. Ўзбекистон терма жамоаси йиғинга киришди. Олдинда Япония билан ўйин бор  3

O'FA Aziz Turg'unboev masalasida bir to'xtamga kelgan “Paxtakor” va “Navbahor” klublariga minnatdorchilik bildirdi Yangiliklar

O'FA Aziz Turg'unboev masalasida bir to'xtamga kelgan “Paxtakor” va “Navbahor” klublariga minnatdorchilik bildirdi

Xabaringiz bor, so'nggi vaqtlarga kelib Aziz Turg'unboevning diskvalifikaciyasi masalasi futbol jamoatchiligi va muxlislar orasida tez-tez muhokama bo'layotgan edi.

Bilasiz, Aziz Turg'unboevning avval “Paxtakor” bilan, keyin esa “Navbahor” klubi bilan shartnoma imzolagani aniqlangan va bu Futbolchilarning maqomi va o'tishi bo'yicha reglamentning 5.43 bandiga zid ekani sabab futbolchi 2019 yilning 9 iyul sanasiga qadar futbolga aloqador barcha turdagi faoliyatdan diskvalifikaciya qilingan edi.

Oxirgi kunlarda bu masalani betaraf xalqaro yuridik tashkilot o'rganib chiqib, chiqarilgan qaror huquqiy normalarga to'liq to'g'ri kelmasligi va yuridik tomondan futbolchi hamon “Paxtakor”ga tegishli ekanligini aniqladi.

O'zbekiston milliy terma jamoasiga nomzod futbolchining kelajak faoliyatiga salbiy tasiri bo'lmasligi va ko'p sonli futbol muxlislari istagini hisobga olgan holda “Paxtakor” klubi “Navbahor” klubi bilan do'stona kelishuvga erishib, bu masalaga nuqta qo'yishdi.

Natijada Turg'unboev “Navbahor” klubi bilan yangi shartnoma imzoladi.

Bu kabi bahsli masalaning xalqaro miqiyosga ko'tarilishi milliy futbolimizning jahon futboli hamjamiyati oldidagi obro'siga ham salbiy tasir etishi mumkin ekanini yaxshi anglab, mazkur masalada futbol manfaati uchun bir to'xtamga kelishgani bois O'zbekiston futbol associaciyasi har ikki klubga ham minnatdorchilik bildiradi va milliy terma jamoamizga nomzod futbolchining yashil maydonga qaytib, yanada chiroyli o'yinlar namoyish etishi va O'zbekiston terma jamoasiga foyda keltirishiga umid bildiradi.

Reyting: +52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика