So’nggi yangiliklar

22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  0 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   29 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  4 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  0 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  6 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  24 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2 18:08МЮ ва бошқалар Дуглас Луис учун курашмоқда   0 17:41VAR ишламаган, иккита камерада трансляция қилинган "Динамо" – "Насаф" беллашувидан ГАЛЕРЕЯ  6 17:19Артета янги трансфердан мамнун: "Субименди "Арсенал"га жуда мос келади"  0 16:50"Манчестер Юнайтед" "Палмейрас" ярим ҳимоячисини нишонга олди  1 16:22Ракитич футболчилик фаолиятини якунлади  3 15:59Сон Хён Мин "Лос-Анжелес"га ўтишдан бош тортди  1

Odiljon Hamrobekov: “O'FF prezidentining murojaatnomasini eshitdik. Bu futbolchilarning kayfiyatini ko'tardi” Yangiliklar

Odiljon Hamrobekov: “O'FF prezidentining murojaatnomasini eshitdik. Bu futbolchilarning kayfiyatini ko'tardi”

U-23 Osiyo chempionati chorak finalida Yaponiya mag'lub etilgach, O'zbekiston U-23 terma jamoasi yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov o'z fikrlarini bildirdi.

“Ushbu uchrashuvdagi g'alaba muxlislarimizga va xalqimizga tegishli. Uchrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko'rgandik. Yaponiya kuchli raqib ekanini bilardik, shu sababdan maydonda butun kuchimiz bilan o'ynadik va g'alaba qozondik.

Ushbu uchrashuv biz uchun katta ahamiyat kasb etar edi. Uchrashuvdan oldin O'zbekiston Futbol Federaciyasi Prezidentining murojaatnomasini eshitdik va bu futbolchilarning kayfiyatini yanada ko'tardi.

O'FF rahbarining futbolchilarga aytgan so'zlari bizni uchrashuvda yanada katta ishtiyoq bilan to'p surishimizga yordam berdi. Qozog'istondagi fojealar ham kayfiyatimizga tasir ko'rsatgan edi. Biz o'z g'alabamiz bilan biroz bo'lsa ham xalqimizga quvonch ulasha olgan bo'lsak, bundan juda xursandmiz.

O'FF rahbariyati hamda muxlislarning ishonchi bizga kuch beradi. Biz yarim finalda ham g'alaba g'alaba qozonib ularning ishonchini oqlashga bor kuchimiz bilan harakat qilamiz”, - dedi Hamrobekov.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика