Odiljon Hamrobekov: "Eronda Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz"
21 mar 04:30
Yangiliklar


Odiljon Hamrobekov: "Eronda Jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz"
"Terma jamoamiz yarim himoyachisi Odiljon Hamrobekov Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan bahsdan so'ng o'yin haqida fikrlari bilan bo'lishdi.
"Bizni stadiondan qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarga rahmat. Yana bir muhim bahsni g'alaba bilan yakunlab oldik. Yana bir qadam qoldi, xolos. Eronda Jahon chempionatini yo'llanmasini qo'lga kiritishga harakat qilamiz.
O'yindagi hisob bizni qoniqtirayotgan edi. Shuningdek, raqib darvozaboni juda yaxshi o'yin namoyish etdi. Noaniq amalga oshirilgan penalti bizga tasir o'tkazgani yo'q. Terma jamoada aytarli o'zgarishlar bo'lgani yo'q. Hozir o'zgarishlar qilish uchun vaqt yo'q. Srechko Katanecning yordamchilari Timur Kapadze bilan birga ishlamoqda" - dedi Odiljon Hamrobekov Qirg'iz Respublikasi mag'lub etilganidan so'ng.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Бунақа ўйин билан бирор ўйинчимизни Европага сота олмаймиз.
Ютамиз эронди Худо хохласа Олга Узбекистан биз сенга ишонамиз