Odil Rami erkin agentga aylandi
21 fev 2020 22:22
Yangiliklar
Odil Rami erkin agentga aylandi
"Fenerbaxche" matbuot xizmati xabariga ko'ra, Istanbul klubi franciyalik markaziy himoyachi bilan shartnomani bekor qilgan.
Turklar qishda Odil Ramini sotib yuborishga harakat qilishdi, ammo futbolchiga davogar topilmadi. 34 yoshli himoyachi Franciyaga qaytishni xohlamoqda, shuning uchun u "Fenerbaxche" rahbariyatidan oradagi bitimni muddatidan oldin bekor qilishni so'ragan.
Eslatib o'tamiz, Rami faoliyati davomida "Lill", "Valensiya", "Milan", "Sevilya" va "Marsel" klublarida ham o'ynagan, 2010-2018 yillarda Franciya terma jamoasiga jalb qilingan va Rossiyadagi mundial g'olibiga aylangan edi.
Fikrlar