Odil Cup-2016. Uchinchi kunning birinchi yarmidan reportaj
05 iyu 2016 13:02
Yangiliklar
Odil Cup-2016. Uchinchi kunning birinchi yarmidan reportaj
O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan reklama shartnomasi imzolagan “ImkonPlyus” kompaniyasi bosh homiyligida tashkil etilgan futbol turnirida 8ta jamoa ishtirok etmoqda. Bugun kunning birinchi yarmida 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar oxirgi tur uchrashuvlarini o'tkazishdi.
Namangan viloyat futbol federaciyasiga qarashli "Umid" stadionida bo'lib o'tgan o'yinlarda Namanganning "Barkamol" jamoasi Farg'onaning "Istiqlol" tarbiyalanuvchilariga qarshi maydonga tushib, 4:2 hisobida g'alaba qozondi.
Keyingi uchrashuvda esa "Navbahor-Umid" o'z raqibi "Aziya"ni 3:2 hisobi bilan mag'lub etdi. Odatga ko'ra, ikkala uchrashuv yakunida har bir jamoadan eng yaxshi futbolchilar aniqlandi hamda ularga homiylar tomonidan esdalik sovg'alari topshirildi. Bugun tushdan so'ng 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar ham oxirgi tur bahslarini o'tkazishadi. SHundan so'ng Odil Cup-2016 musobaqasining yakuniy yopilish marosimi bo'lib o'tadi.
Odil Cup-2016. Uchinchi kun o'yinlari (2004 y.)
"Barkamol" (Namangan) - "Istiqlol" (Farg'ona) 4:2
Gollar: Umarov (2), Jamoliddinov (2) - Zoirov, Mamadaliev.
"Navbahor-Umid" (Namangan) - "Aziya" (Andijon) 3:2
Gollar: Jo'raboev (2), Isoqjonov - Jalolov (2).
Jasur Aslanov
Fikrlar