So’nggi yangiliklar

02:11Марко Станоевич: "Аламли мағлубият бўлди. Буни тезроқ унутиб, машғулотларга қайтишимиз керак"  0 01:33Аброр Исмоилов: "Муҳим учрашувда керакли очколарни қўлга киритдик"  0 01:27Камолиддин Тожиев: "Натижа бор, лекин жамоамиз ўйинидан қониқмадим"  0 00:45Ольмо Клублар ўртасидаги ЖЧ ҳақида: "Мавсумга тўлақонли тайёргарлик кўраётганимиздан хурсандмиз"  2 00:35Фарҳод Нишонов: "Кубок ўйинларида янада узоқроқ боришни мақсад қилгандик"  0 00:22Ҳаким Фузайлов: "Бугунги мағлубият учун ҳамма айбни ўзимга оламан"  2 00:00Суперлига. "Динамо" мухлислари кўз ўнгида "Нефтчи"га ютқазди  0 23:50Сергей Лушчан: "Кубок ўйинларида футболчиларга қўшимча мотивация керак"  5 23:28Вадим Абрамов: "Бугун жамоам жуда оғир ўйнади"  10 23:06Брайан Риаскос: "Суперлига – бир қараганда осон, аммо аслида жуда мураккаб турнир"  2 22:59Виталий Левченко: "Динамо"нинг турнир жадвалида биздан юқори эканлиги футболчиларга қўшимча мотивация берди"  5 22:25Осиё Кубоги саралаши. Ўзбекистон аёллар терма жамоаси Лаос дарвозасига еттита жавобсиз тўп киритди  6 22:19"Милан" 20 млн евродан зиёдга Италия термаси футболчисини сотиб олади  1 22:14Ўзбекистон кубоги. Чорак финалнинг барча иштирокчилари аниқ!  2 21:58Суперлига. "Нефтчи" қолдирилган ўйинда "Динамо"ни ишончли ҳисобда ютиб, 3-ўринга кўтарилиб олди  53

Odil Cup-2016. Turnirning top-5 futbolchisi Yangiliklar

Odil Cup-2016. Turnirning top-5 futbolchisi

Teglar :  Odil Cup-2016
3-5 iyun kunlari Namanganda Odil Cup-2016 turniri bo'lib o'tdi.

Ushbu musobaqada o'zini ko'rsatgan eng kuchli 5 futbolchini sanab o'tamiz.

NABIEV ABDUHAMID ("Istiqlol", Farg'ona)


"Istiqlol" jamoasi Odil Cup-2016 turnirida bitta g'alaba qozongan bo'lsada, jamoa darvozaboni Nabiev Abduhamid jamoadoshlari aybini juda ko'p marotaba yuvishga muvaffaq bo'ldi. Uning seyvlari turnir uchrashuvlarini tomosha qilishgan kelgan muxlislarni hayratlantirdi. Zarbalarni qaytarmay, ushlab olishi ham uning kelajakda kuchli darvozabon bo'lishini isbotlaydi. O'zbekistonlik skautlarga uni ko'proq kuzatishni maslahat bergan bo'lar edik.


AHMADJONOV A'ZAMJON ("Istiqlol", Farg'ona)

Suratda o'ng tarafda


Ahmadjonov Azamjon "Istiqlol" futbolchilarini tergab turuvchi haqiqiy sardor ekanligiga guvoh bo'ldik. Himoyadagi ishonchli o'yini, ikkinchi qavatdagi harakatlari, jamoadoshlarini kerakli paytda ruhlantirib turishi menga Paolo Maldinini eslatib yubordi. Ushbu Azamjon kelajakda terma jaomamizning asosiy futbolchilaridan biri bo'lishiga umid qilamiz.


UMAROV ARSLONBEK ("Barkamol", Namangan)

Suratda o'rtada


Umarov Arslonbek "Liverpul" sobiq yarim himoyachisi Stiven Jerrardga o'xshab ketadi. Uning harakatlarini kuzatsangiz, Arslonbekning o'ziga bo'lgan ishonchi qanchalik yuqori ekanligini bilib olasiz. Umarov to'pni quvib, kuchini bekor sarflaydigan bolalar kabi o'ynamaydi. Uning har bir harakati o'ylangan va raqibni aldashda ikkilanmaydi. Yigitchada iqtidor to'lib toshmoqda, ammo u kelajakda yo'qolib qolmaydi degan umiddamiz.


YUSUFJONOV G'ANISHER ("Navbahor", Namangan)


G'anisherning raqamiga etibor berib, u kimga o'xshashni istayotganini bilish qiyin emas. "Navbahor" kelajagi hisoblanayotgan Yusufjonov o'zining mayda qadamlari bilan har qanday raqibni bir harakatda aldab ketishi mumkin. Agar u mehnat qilishda va mahoratini oshirishda davom etsa, tez orada bizda ham "yangi Messi" paydo bo'lishi mumkin.


MA'RUFJONOV ABDULBORIY ("Aziya", Andijon)


Marufjonov Abdulboriy. Turnirni kuzatgan ko'plab muxlislar uning o'yiniga oshiq bo'lganligi aniq. Abdulboriyni harakatlarini ko'rib uni Neymarga o'xshatasiz. Bir vaziyatni sizlarga so'zlab bermaslikning iloji yo'q: Marufjonov chap qanotdan hujumga o'tdi va oldidagi raqibi qarshisida to'xtadi. Neymardek o'ng oyog'ini ko'tarib olgan Abdulboriy raqibining hamla qilishini kutdi va bu sodir bo'ldi. Andijonlik o'sha zahotiyoq to'pni boshqa tarafga burdi va bir harakatda taqibchisidan qutildi. Buni ming marta eshitgandan, bir marta ko'rgan yaxshi. Abdulboriy qaerda bo'lmasin, o'z mahoratini charhlashda davom etib, jahon futbolining yulduziga aylanadi deb umid qilamiz.

Biz Odil Cup-2016 turnirida vodiyning bor-yo'g'i 8 jamoasini yig'dik. O'zbekistonda yuzlab balki minglab bunday jamoalar va iqtidorlarni uchratish mumkin.

Reyting: +31   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика