So’nggi yangiliklar

10:06"Сурхон" яна бир футболчиси билан хайрлашди  0 09:40Sofascore. Ҳусанов кечаги учрашувдаги ҳаракатлари учун неча баҳога лойиқ кўрилди?  1 09:18Чет эллик мутахассис Суперлига жамоасининг бош мураббийи бўлади  0 08:48Ҳусниддин Алиқулов фаолиятини бошқа жамоада давом эттириши мумкин  4 08:22Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди  15 02:59Ла Лига. "Атлетико" меҳмонда "Реал Сосьедад"га қарши ўйинда очко йўқотди  3 02:51А Серия. "Интер" ўз майдонида "Болонья"ни мағлуб этди  1 02:44Лига 1. ПСЖ дербида "Париж"ни мағлуб этди  2 02:10Африка кубоги. 1/8 финал. Камерун ЖАРни мағлуб этди, Марокаш Танзаниядан устун келди  1 00:58Тео Эрнандес А Серияга қайтиши мумкин  0 00:30АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди  45 23:24Винисиус 18 та ўйиндан бери гол уролмаяпти. Охирги гол октябрь ойининг биринчи ярмида киритилган  2 22:40АПЛ. “Ньюкасл” “Кристал Пэлас”ни, “Брентфорд” “Эвертон”ни мағлуб этди, “Тоттенхэм” эса ўз уйида “Сандерленд”ни мағлуб эта олмади  1 22:30АПЛ. "Фулхэм" "Ливерпул"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада ўтказиб юборилган голдан сўнг 90+7 дақиқада тўп киритиб, ҳисобни тенглаштирди  15 22:15Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди  52

"Odil Cup" -2016 eng yaxshi futbolchilar taqdirlandilar Yangiliklar

"Odil Cup" -2016 eng yaxshi futbolchilar taqdirlandilar

Kecha Namangan shahrida yakuniga etgan, "Odil Cup" musobaqasining so'nggida, ikki avlod vakillari safida harakat qilgan eng yaxshi futbolchilar rag'batlantirildilar.

Unda, "Neftchi" va "Navbahor" jamoasi vakillari esdalik sovg'alar bilan qatnashdilar.

Mazkur avlod vakillarini taqdirlash "Neftchi" jamoasi rahbariyatining zimmasiga tushdi. Farg'onaliklardan, klub raisi Rustam Abdullaev, sport ishlari direktori SHerzod Raimjonov, bosh murabbiy Andrey Fyodorov va katta murabbiy Murod Ismoilov ishtirok etdilar.


2004 yillarda tavallud topgan futbolchilar ichida eng yaxshilar:

Nominaciyalar quyidagicha ko'rinish oldi:

Eng yaxshi darvozabon: Nabiev Abduhamid ("Istiqlol") .

Eng yaxshi himoyachi: Yoqubboev Yunusxon ("Barkamol").

Eng yaxshi yarim himoyachi: Marufjonov Abdulboriy ("Asia").

Eng yaxshi hujumchi: Jo'raboev Asadbek ("Navbahor").

Bu yoshdagi futbolchilarni "Navbahor" jamoasi vakillari esdalik sovg'alari bilan taqdirladilar. Unda klub Vice-prezidenti Olimjon Qosimov, jamoa direktori G'anisher Ismoilov, murabbiy Mustafo Bayramov va futbolchi Xayrulla Karimov qatnashdilar. 


2002 yillarda tavallud topgan futbolchilar ichida eng yaxshilar:

Nominaciyalar quyidagicha ko'rinish oldi.

Eng yaxshi darvozabon: Azimjonov Aziz ("BO'SM-1").

Eng yaxshi himoyachi: Ismoilov Rahmatbilol ("Neftchi").

Eng yaxshi yarim himoyachi: Mo'minov Olimjon ("Kosonsoy").

Eng yaxshi hujumchi: Qayumboev Abdurasul ("Navbahor").

Nominaciyalardan tashqari, "Imkon Plyus" savdo brendi homiyligida, yana to'rt kishiga esdalik diplomlari topshirildi:

Birinchilardan bo'lib, turnirni boshidan oxirigacha katta yordam bergan Namangan viloyati futbol federaciyasi vice-prezidenti Bahrom Xolmirzaevga, keyin "Navbahor" jamoasi matbuot kotibi SHavkat Sodiqovga. Turnir davomida tashkilotchilarga juda katta yordam bergan "Navbahor" jamoasi muxlislariga atalgan diplomni Jahongir SHarifiy, Odil Ahmedov tomonidan qabul qilib oldi.


SHunday farzandni oq yuvib, oq taragani va Vatan xizmati yo'lida to'g'ri tarbiya bergani uchun, "Championat.asia" va o'zbekistonlik futbol ishqibozlari nomidan, Odil Ahmedovning otasi, Olim akaga farzandi uchun maxsus diplom topshirildi.


"El uchun xizmat qilayotganidan bag'oyat xursandman", - deya qisqa fikr bildirdilar, Olim aka Ahmedov.

Xayrulla Xoliqov va Jasur Aslanov.


Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика