So’nggi yangiliklar

03:44А Серия. "Интер" "Парма"ни енгди. "Наполи" эса очко йўқотди  0 03:15АПЛ. "Манчестер Юнайтед" "Бёрнли" билан дуранг ўйнади, "Ньюкасл" "Лидс"ни мағлубиятга учратди  5 02:30АПЛ. Кукурелья четлатилган ўйинда "Челси" "Фулхэм"га ютқазди. Семеньо "Борнмут" сафидаги сўнгги учрашувида қаҳрамонга айланди  1 02:25АПЛ. "Манчестер Сити" "Брайтон" билан ўйинда яна очко йўқотди. Ҳусанов тўлиқ ўйнади  27 01:50Испания Суперкубоги. "Барселона" "Атлетик"ни ўта йирик ҳисобда таслим этиб, финалга йўл олди  28 00:50Осиё Кубоги U-23. Ўзбекистон - Ливан 3:2  3 00:48"Қизилқум" украиналик легионер билан шартнома имзолади  0 00:40Шоҳруз Норхонов расман "Қизилқум"да қолади  1 00:30Расман: Дилшод Аҳмадалиев – "Бунёдкор" футболчиси!  0 00:20Росеньор "Челси" устози сифатида илк уй учрашувида "Арсенал"га қарши тўқнаш келиши ҳақида гапирди  4 00:07Бруну ва Магуайр жароҳатдан қутулиб, МЮ қайдномасига қайтишди  0 23:19Жуд Беллингем: "Биз Хаби Алонсо биланмиз. Эртага реванш олишга ҳаракат қиламиз"  0 23:11Хаби Алонсо: "Эртанги ўйин 2:5 каби бўлмаслигига 100% аминман. Эртага бошқача тарих ёзилади"  2 22:20Ўйнайди ё ўйнамайди? Мбаппенинг Испания Суперкубоги финалида иштирок этиши истисно қилинмаяпти  2 21:55Равшан Ҳайдаров: "Уч очко қўлга киритилди. Болаларча қилинган хатолар Эронга қарши ўйинда такрорланмайди деб умид қиламан"  16

"Odil Cup-2016". 2-turda "Istiqlol" va "Navbahor"dan g'alabalar Yangiliklar

"Odil Cup-2016". 2-turda "Istiqlol" va "Navbahor"dan g'alabalar

Teglar :  Odil Cup-2016
Saytimiz orqali kecha xabar berib o'tganimizdek, Namangan shahrida 2002 va 2004 yilda tug'ilgan futbolchilar o'rtasida Odil Cup-2016 bolalar futbol festivali start oldi.

O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Odil Ahmedov bilan reklama shartnomasi imzolagan “Imkon Plyus” kompaniyasi bosh homiyligida tashkil etilgan bolalar futbol turnirida 8ta jamoa ishtirok etmoqda. Kecha ikkala yosh toifasidagi futbolchilar 1-tur bahslarini o'tkazishgandi. Bugun kunning birinchi yarmida 2-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. 

Namangan viloyat futbol federaciyasiga qarashli "Umid" stadionida dastlab 2004 yilda tug'ilgan futbolchilardan iborat Namanganning ikkita jamoasi o'zaro bahs olib bordi. "Barkamol" va "Navbahor" qarama-qarshiligida "Navbahor" futbolchilarining qo'li baland kelib, ular 2:1 hisobida zafar quchishdi. Aytish mumkinki, bu o'yin turnirning eng qiziqarli kechgan bahslaridan biri bo'ldi. 

O'yin boshidanoq qizg'in tus oldi va oxirigacha shunday davom etdi. Ikkinchi uchrashuv esa "Istiqlol" va "Aziya" jamoaslari o'rtasida kechib, bunda farg'onaliklar 1:0 hisobida raqibdan ustun kelishdi. Bugun tushdan so'ng 2-tur bahslari davom ettiriladi. Bu safar 2002 yilda tug'ilgan futbolchilar maydonda bahs olib borishadi. 

Odil Cup-2016. Ikkinchi kun uchrashuvlari (2004 y.) 

"Barkamol" (Namangan) - "Navbahor" (Namangan) 1:2

Gollar: Muhiddinov Abdulaziz - Jo'raboev Asadbek (2ta)

Eng yaxshi o'yinchilar: Sobirjonov Muhammadyusuf - Alijonov Iskandar

Bosh hakam: Maksim Nexochin 



"Istiqlol" (Farg'ona) - "Aziya" (Andijon) 1:0

Gol: Ismoilhojiev Akbar

Eng yaxshi o'yinchilar: Ismoilhojiev Akbar - Marufjonov Abroriy

Bosh hakam: Rifat Odilov


Reyting: -1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика