Odil Ahmedov va Vladimir Kozak "Navbahor" mashg'ulotlarida qatnashishdi
12 dek 2019 23:17
Yangiliklar
Odil Ahmedov va Vladimir Kozak "Navbahor" mashg'ulotlarida qatnashishdi
“Lochinlar” bugun ham “Markaziy” o'yingohning zaxira maydoni yonida joylashgan mini – futbol maydonchasida mashg'ulot o'tkazishdi.
Tayyorgarlik jarayonini doimgidek, “Navbahor”ning yordamchi murabbiylari - Azam Rajabboev va Mustafo Bayramov olib borishdi.
Etiborlisi, “lochinlar”ning bugungi mashg'ulotida O'zbekiston milliy terma jamoasining ikki nafar namanganlik vakili – Xitoyning “SHanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedov hamda “Paxtakor” himoyachisi Vladimir Kozak ishtirok etishdi.
Takidlash joizki, mazkur futbolchilar o'z sport formalarini yo'qotmaslik maqsadida, “Navbahor” azolari bilan birgalikda shug'ullanishdi.
SHuningdek, namanganliklarning bugungi tayyorgarlik jarayonini yakuniga etgan mavsumning 1-davrasida "Navbahor" sharafini himoya qilgan, 2-davrada esa Samarqandning “Dinamo” klubida to'p surgan tajribali hujumchi Bahodir Nasimov ham kuzatganligini takidlash joiz.
Futbolchilarga mashg'ulotlarda kuch-quvvat tilab qolamiz.

O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Вильярреал" устидан ишончли ғалабага эришди, мезбонлар ўйинчиси 39-дақиқада майдондан четлатилди
"Реал" Абдуқодир Ҳусановни ўз сафига қўшиб олмоқчи
АПЛ. "Ман Сити" ўз майдонида "Вест Хэм"ни мағлуб этди, Ҳусанов 67-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Манба: Абдуқодир Ҳусановни АПЛнинг бошқа топ-клуби 47 миллион фунтга сотиб олишга тайёр
Fikrlar