So’nggi yangiliklar

17:50"Реал" ўйинчисини 13,5 млн евро эвазига қайта харид қилиш ҳуқуқи билан сотди  0 17:21"Барселона" "Виссел Кобе"ни мағлуб этди, Рэшфорд дебют ўйинини ўтказди  0 16:57Феликс 30+20 млн евро эвазига "Челси"дан "Ал Насср"га ўтади - Фабрицио Романо  1 16:30"Бавария" Диас учун "Ливерпул"га тахминан 80 млн евро таклиф қилди. Клублар битимнинг якуний тафсилотларини муҳокама қилмоқда  3 15:55"Ньюкасл" Александр Исак ўрнига 4 нафар номзодни маъқуллади  1 15:23"Реал" уч нафар футболчисини сотишга тайёр  4 14:58ПСЖ ва "Тоттенхэм" собиқ футболчиси "Персеполис"га ўтиши мумкин  2 14:16ПСЖ ўзига янги дарвозабон топди  0 13:38Феликс 44 млн фунт эвазига "Челси"дан Саудия Арабистони клубига ўтишга яқин  2 13:04Салиба "Реал"нинг қизиқиши фонида келажаги борасида қарор қабул қилди  3 12:23Брунунинг дубли МЮга АҚШдаги ўртоқлик ўйинида "Вест Хэм" устидан ғалаба келтирди  1 11:50"Атлетико" Бундеслигадан футболчи харид қилишга яқин турибди  2 11:20"Бавария" Диасни "Ливерпул"дан катта маблағ эвазига сотиб олишга яқин турибди  5 11:15"Бухоро"нинг тайёргарлиги, янги футболчилар, ёшлар ёхуд Улуғбек Бакаев иккинчи даврада юқорилашга умид қилмоқда   5 10:42"Челси" футболчиси "Ал Насср"га ўтишга яқин  4

Odil Ahmedov: "O'zbekiston nima uchun hamma sharoitlari va ajoyib maydoni bor "Paxtakor" stadionida o'ynamaydi, tushunmayman" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "O'zbekiston nima uchun hamma sharoitlari va ajoyib maydoni bor "Paxtakor" stadionida o'ynamaydi, tushunmayman"

Kecha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda Qatarni 2:0 hisobida mag'lub etdi.

Uchrashuvdan so'ng terma jamoamiz sardori Odil Ahmedovni suhbatga chorladik.

"G'alaba qozonamiz deb maydonga chiqqan edik. Birinchi bo'limda biroz ehtiyotkor bo'lib harakat qildik va himoyaga etibor qaratdik. Ikkinchi bo'limda esa Qatar ham huddi biz kabi oldinga o'tdi va ayni shu sabab biz uchun hujumda zonalar paydo bo'ldi", - deya Ahmedov o'yinga umumiy fikrini bildirdi.

- Bugun ham KXDRga qarshi bo'lgani kabi maydon chimi erkin harakat qilishga halal berdi, bu borada nima deya olasiz?
- Ha, bu narsa tasir o'tkazadi. Tashqaridan unchalik bilinmasligi mumkin, lekin maydonga tushib o'ynab ko'rgan odamga bu narsa darhol bilinadi. Har bir jamoa qaysi maydonda o'ynashini tanlashi kerak. Bu O'zbekiston milliy terma jamoasi-ku axir. Nima uchun hamma sharoitlari va ajoyib maydoni bor "Paxtakor" stadionida o'ynalmaydi, ochig'i, tushunmayman. Bu erda chim yaxshi emas.


- SHunga qaramay, bugun samaradorlik ko'rsatdingiz.
- Bu futbol, unda doim gol uraman yoki golli pas beraman deb maydonga chiqamiz. Alloxga shukr, bugun o'yinim qovushdi va gol urib, ham golli pas berdim.

- Ektor Kuper ayni paytda himoyani tartibga keltirib olishga ko'proq urg'u bermoqda. Bosh murabbiy tanlagan taktika va uslub o'yinchi va jamoa sardori sifatida sizga maqul kelayaptimi?
- Murabbiy qanday taktika tanlashidan qati nazar jamoa uchun eng kerakli narsa - natija. Tanlangan uslub natija bersa, demak biz to'g'ri yo'lda bo'lamiz.

- Murabbiy siz bilan sardor sifatida jamoaning kelajakdagi harakatlari haqida yuzma-yuz gaplashdimi?
- Bunday mavzuda gaplashganimiz yo'q.


Tolibjon Qosimov suhbatlashdi

Reyting: +59   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика