Odil Ahmedov: "Natija haqqoniy bo'ldi"
23 okt 2014 23:15
Yangiliklar


Odil Ahmedov: "Natija haqqoniy bo'ldi"
"Krasnodar" yarim himoyachisi Odil Ahmedov "Volfsburg"ga qarshi kechgan uchrashuvdan so'ng "NTV Plyus" telekanali orqali o'zining o'yin haqidagi fikrlarini bildirib o'tdi.
G'alaba uchun maydonga tushgandik. Lekin natijada mag'lub bo'ldik. Qarshi hujumlarda raqiblarni o'tkazib yubordik. O'ylashimcha, natija haqqoniy bo'ldi. Biz ko'p hujumlar uyushtirdik, lekin imkoniyatlardan foydalanishda oqsadik. Qolgan o'yinlarda g'alaba qozonishga harakat qilamiz. O'yin jihatidan olib qaraganda, raqibga yutqazmayapmiz. Ammo o'zimiz uchun kerakli natijani qo'lga kiritish nasib etmayapti.

Fikrlar