So’nggi yangiliklar

00:51"Комо" Рафаэль Вараннинг трансферини эълон қилди  2 00:48"Ал Шабаб" "Милан" футболчисини 14 млн евро эвазига харид қилишга тайёр, аммо...  1 00:22"Жирона" "Тоттенхэм" форвардини ижарага олиш бўйича келишувга эришди  0 00:21"Милан" сардори "Галатасарой"ни рад этди. Турк клуби ҳимоячига "Милан"дагидан кўпроқ маош таклиф қилганди  0 23:51"Манчестер Юнайтед" яқин вақтларда Санчонинг тақдирини ҳал қилади  0 23:21"Барселона" собиқ футболчиси "Ювентус"га ўтишга яқин  0 22:55Мбаппесиз: "Реал" АҚШдаги турне учун таркибини эълон қилди  2 22:31"Реал" 2025 йилда Трент ва Дэвис билан текинга шартнома имзолаш устида ишламоқда  4 22:06"Галатасарой" 22 млн еврога РПЛдан ўйинчи харид қилади?  0 21:23"Челси" "Реал" посбони билан шартнома имзоламайди  5 20:56Сержи Роберто "Аякс"га ўтиши мумкин. У "Барса"дан эркин агент мақомида кетади  0 20:31МЮ 25 млн евро эвазига Мазрауининг ўтиши борасида "Бавария" билан келишувга эришди  1 20:04"Атлетико" "Вильярреал" форвардига қизиқмоқда  0 19:32"Тоттенхэм" кореялик ўйинчини трансфер қилди  3 19:07Расман: "Шабаб Ал Аҳли" Азмуннинг трансферини эълон қилди  14

Odil Ahmedov: "Jahon chempionatiga chiqish – butun mamlakat orzusi" Yangiliklar

Odil Ahmedov: "Jahon chempionatiga chiqish – butun mamlakat orzusi"

Osiyo futbol konfederaciyasi (OFK)ning rasmiy nashri – AFC Quarterly jurnali O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori, Xitoyning “SHanxay SIPG” klubi yarim himoyachisi Odil Ahmedovdan intervyu oldi.

Suhbat davomida tajribali yarim himoyachi futbolga kirib kelishi, Evropaga qadam tashlashga kelgan qarori, Rossiya Premer-ligasidagi faoliyati va terma jamoa bilan Jahon chempionatiga chiqish orzulari haqida so'zlab berdi.

“Futbolni yoshligimdan yaxshi ko'raman va u bilan doim shug'ullanib kelganman. Futbolga kirib kelayotganimda, (Namanganda) turnir va musobaqalar juda kam o'tkazilar, hatto murabbiylar soni ham oz edi. SHuning uchun, sport sohasida tahsil olish uchun Toshkentga yo'l oldim. 1990 yillar oxirida hukumat futbol madaniyatini rivojlantirish imkoniyatlarini ko'rib chiqdi va yangi o'zgarishlar kiritdi. Men ham mana shu o'zgarishlardan foyda ko'rdim”, – dedi Ahmedov.
Odil Ahmedov O'zbekiston hukumati tomonidan yosh o'yinchilar va talabalarga yaratilayotgan imkoniyatlarga baho berib, shu orqali terma jamoa yangi bosqichga chiqishiga umid qilayotganini aytib o'tdi.

“Mamlakatimiz hukumati yosh o'yinchilar va talabalar yanada mukammal bo'lishi uchun ularga barcha sharoitlar yaratib, sport markazlari tashkil qilish orqali katta yordam bermoqda. Umid qilamanki, mana shu o'zgarishlar O'zbekiston milliy terma jamoasini yangi bosqichga olib chiqadi”, – deydi yarim himoyachi.

O'zbekiston terma jamoasining amaldagi sardori milliy terma va “Paxtakor” klubi sobiq azosi Mirjalol Qosimov uning kumiri bo'lganini malum qildi. Garchi ular birgalikda maydonda to'p surmagan bo'lsa-da, Ahmedov afsonaviy Qosimovning qo'li ostida O'zbekiston termasi safida harakat qilgan.

“Mirjalol Qosimov – O'zbekiston afsonasi. Hamma uni yaxshi ko'radi, u o'zbek futbolining haqiqiy yulduzi bo'lgan. Uning o'yinlari va mashg'ulotlarini miriqib tomosha qilardim. Qosimovdan ko'p narsani o'rganganman”, – deya esladi o'zbekistonlik futbolchi.


Futbolchilik faoliyatini boshlagan vaqtida Odil Ahmedov 6-raqamda o'ynaganini, keyin esa 9-raqamni tanlagani aytdi.

“Faoliyatimni boshlagan davrlarda 6-raqam ostida to'p surardim, keyin esa 9-raqamni tanladim. Yarim himoyachi bo'lsam ham, hujumda yordam beraman. Maydonda qulay vaziyat bo'lsa, uzoqdan-mi yoki yaqin, zarba berishga harakat qilaman. Biroq asosiy vazifam to'pni raqibdan olib, uni jamoadoshlarimga etkazib berishdan iborat”, – deya izoh berdi Ahmedov.

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi safida 18 yoshida debyutini o'tkazgan Odil Ahmedov qisqa muddat ichida o'zini ko'rsatib, klubning ketma-ket beshinchi marta mamlakat chempioni bo'lishiga o'z hissasini qo'shdi. Uning maydondagi xatti-harakati Rossiya Premer-ligasi klublari etiboriga tushdi, ammo yarim himoyachi ko'proq tajriba to'plash maqsadida 2011 yilgacha Toshkent klubi safida qolishga qaror qiladi.

“U vaqtda Evropa klubiga ko'chib o'tishga tayyor emasdim. SHu sababli, boshqa jamoaga o'tishdan avval murabbiy bilan kelishgan holda ko'proq tajriba to'plashga qaror qildim”, – dedi O'zbekiston terma jamoasi sardori.

Ayni vaqtda Xitoyda to'p surayotgan o'zbekistonlik futbolchi faoliyatidagi eng chiroyli goli Qatar darvozasiga urilganini yashirmadi. Osiyo Kubogi–2011 musobaqasida Ahmedov qariyb 40 metrdan gol urishga muvaffaq bo'lgandi.


“Men eslay oladigan eng chiroyli gol”, – dedi 29 yoshli futbolchi. Uning o'sha musobaqadagi 2 ta goli O'zbekiston termasining yarim finalga chiqishiga katta hissa qo'shgandi.

Maydondagi betakror o'yini bilan Angliya, Franciya, Ispaniya, Rossiya, Saudiya Arabistoni, Qatar va Janubiy Koreya mamlakat chempionatlari etiborini o'ziga qarata olgan yarim himoyachi yakunda Maxalqalaning “Anji” klubiga o'tadi. Samuel Eto’O, Roberto Karlos va Yuriy Jirkov singari mashhur futbolchilar bilan bir qatordan joy olgan o'zbekistonlik futbolchi “Anji”dagi ilk mavsumida klub muxlislari tomonidan yilning eng yaxshi futbolchisi deya etirof etilish baxtiga muyassar bo'ldi.

“Sobiq ittifoq davrida katta bo'lganim uchun rus tilida so'zlash muammo bo'lmagan va “Anji”da bu menga qo'l kelgan. Samuel Eto’O va Roberto Karlos singari futbolchilar darajasida o'ynashga avval qiynaldim. Malum vaqt o'tgach, ular bilan birdek harakat qilishga erishdim va biz yaxshi do'st va jamoadoshlarga aylandik”, – deb Rossiyadagi ilk qadamlari haqida esladi Ahmedov.

Ahmedov maxachqalaliklar safiga kelganidan keyin jamoa dastlabki ikki mavsumni mos ravishda 3 va 5-o'rinlarda yakunladi. Biroq 2013 yili klub boshqaruvida muammolar yuzaga keldi va “Anji” futbolchilari boshqa klublarga ko'chib o'ta boshladi. Odil ham ular orasida edi.

“Anji” boshqaruvida yuzaga kelgan muammolar klubdan ketishimga sabab bo'ldi. “Krasnodar”ga o'tganimdan keyin yangi jamoa bilan mavsumni uchinchi o'rinda yakunladim”, – dedi “SHanxay SIPG” futbolchisi.

“Anji”dagi bo'lgani singari, Ahmedov “Krasnodar”dagi ilk mavsumida yilning eng yaxshi futbolchisi deb tan olindi. O'sha yili u, shuningdek, O'zbekistonning eng yaxshi futbolchisi bo'lgandi. Malum muddat o'tgach, yarim himoyachi Rossiya chempionatida “Zenit” bilan ishlagan, keyinchalik Xitoyning “SHanxay SIPG” bosh murabbiyiga aylangan portugaliyalik mutaxassis – Andre Villash-Boash etiboriga tushdi.

“Zenit” klubida do'stlarim ko'p edi. Ular Villash-Baoshning murabbiylik uslubi va xarakteri haqida so'zlab berganida, uning qo'li ostida o'ynay olishim mumkinligini his qilgandim. U men bilan aloqaga chiqib, “SHanxay SIPG” klubiga taklif qilganida, ko'p o'ylamay, taklifini qabul qildim. Aytishim mumkinki, u men ishlagan eng yaxshi murabbiy. Xitoyga kelishdan avval liga va bu erdagi hayot tarzi haqida oz bo'lsa-da, malumotga ega bo'lganman. Terma jamoadagi sheriklarim bilan suhbatlashganimda esa ular bu erdagi vaziyat haqida batafsil malumot bergan”, – dedi Ahmedov.


So'nggi marta “Paxtakor” bilan Osiyo CHempionlar Ligasida o'ynagan Ahmedov 7 yil o'tib yana ushbu musobaqaga qaytdi. Ammo bu safar “SHanxay SIPG” jamoasi bilan.
“Bugungi kunda standartlar juda yuqori. Avvallari Yaponiya va Janubiy Koreya jamoalari favorit hisoblanardi. Hozir esa Xitoy va Avstraliya klublari ham ancha raqobatbardosh. Sifat ancha yaxshilangan. “SHanxay SIPG”da jamoa ruhiyati yaxshi, xorijlik futbolchi va xodimlar bilan munosabatimiz alo darajada”, – deb fikr bildirdi amaldagi klubi haqida o'zbekistonlik futbolchi.

Klub miqyosida muvaffaqiyatlarga erishish uchun harakat qilayotgan Odil Ahmedov O'zbekiston terma jamoasi safida JCH–2018 turniriga yo'l olish uchun kurash olib bormoqda. Osiyo mintaqasidan saralash bosqichi “A” guruhi 7-turidan keyin O'zbekiston 12 ochko bilan uchinchi o'rinda bormoqda. Guruh etakchisi Eron hisobida 17 ochko, ikkinchi pog'onada borayotgan Janubiy Koreyada esa 13 ochko mavjud.

“Terma jamoa safida to'p suramizmi yoki klubda, biz professionalmiz. Mamlakat termasi uchun o'ynalganda, bu narsa klubdoshlar bilan munosabatlarga tasir qilmaydi. Men ularga doim omad tilayman va, o'z navbatida, yaxshi o'yin ko'rsatishimizga umid qilaman”, – dedi Ahmedov sentyabr oyida Janubiy Koreyaning O'zbekistonga kelishini nazarda tutib.

“JCH–2018 turniriga yo'l olsak, bu nafaqat mening, balki butun O'zbekistonning yutug'i bo'ladi. Bu shunday ajoyib bo'lardi-ki, buni hatto tasvirlab ham bera olmayman. JCH musobaqasiga birinchi marta yo'l olish – butun mamlakat orzusi”, – deydi Odil Ahmedov.


Reyting: +14   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика