So’nggi yangiliklar

06:30Сергей Лушчан: "Омадимиз келиб мағлубиятдан қутулиб қолдик. Жамоанинг 40% йиғиннинг сўнгги кунларида сафимизга келиб қўшилди"  0 03:00Вадим Абрамов: "Агар ўйин натижасини биринчи бўлимдаёқ ҳал қилиб қўйганимизда бундай савол бермаган бўлардингиз"  0 00:26Манише Феликс ҳақида: "Футбол лойиҳаси бўлиб қолди. Шундай клубларда имкониятлар, аммо у ишлашни хоҳламайди"  1 00:06"Интер" ва Нкункунинг агентлари трансфер шартларини муҳокама қилишмоқда  0 23:41Иван Бошкович: "Бугун нимадир ўхшамади"  0 23:14Суперлига. Пенальтидан тўп киритилмаган ва гол ҳисобга олинмаган ўйинда "Динамо" "Навбаҳор" билан жанговар дурангга имзо чекди  110 23:05Рўзиқул Бердиев: "Қарши ҳужум режасини туздик ва бу ўз мевасини берди"  8 22:50Виталий Левченко: "Катта устунликка эришиб якунда мағлуб бўлиш жуда аламли"  16 22:17Илёс Зейтуллаев: "Стадиондаги муҳит учун мухлисларга раҳмат айтаман"  4 22:00Суперлига. "Сўғдиёна" иккита гол урган ўйинда "Насаф" ғалаба қозонди  34 21:43Таҳлил. Бугун Фарғонада "Нефтчи" эмас Левченко ютқазди, Зейтуллаевга 5 баҳо  17 21:39"Челси" форварди АПЛнинг бошқа клубига ўтишга яқин  1 20:56Суперлига. "Бунёдкор" Фарғонада "Нефтчи"ни мағлуб этди  76 20:20"Барселона" Рэшфордни рўйхатдан ўтказиш учун кимни сотиши мумкинлиги маълум бўлди  14 19:31Нуньес эндиликда "Милан"нинг ҳужумчи позицияси учун асосий номзодидир  1

Odil Ahmedov bo'lajak Osiyo kubogi va O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida fikr bildirdi Yangiliklar

Odil Ahmedov bo'lajak Osiyo kubogi va O'zbekiston milliy terma jamoasi haqida fikr bildirdi

O'zbekiston futbol Associaciyasi vice-prezidenti, terma jamoa sobiq sardori Odil Ahmedov championat.asia saytiga intervyu berdi.

- O'zbekiston milliy terma jamoasining sobiq sardori sifatida Qatardagi bo'lajak musobaqadan qanday natija kutyapsiz?
- Avvalo, Osiyo kubogining Qatarda bo'lishi hamma uchun yaxshi deb o'ylayman. Sababi bu davlat yaqindagi Jahon chempionatini qabul qilgan, shu sabab barcha infratuzilma oliy darajada va maydonlar ajoyib holatda. Bunday maydonlarda futbolchilar maza qilib o'ynashadi.

Bo'lajak qita chempionatidan ijobiy natija kutyapmiz. Yaxshi murabbiyimiz bor, yaxshi futbolchilar jamlangan. Qolaversa, barcha jamoalarning kuchi deyarli deng. Oldingidek, juda ham kuchsiz jamoalar kam. Ko'plab terma jamoalar futbol o'ynashni o'rganib olgan. Ijobiy natija baribir avvalo futbolchilarning o'ziga bog'liq bo'ladi. Agar yigitlar o'zlariga bo'lgan ishonchni va musobaqaning masuliyatini his qilsa eng yaxshi natijaga erisha olamiz.




- 2011 yil Qatardagi Osiyo kubogi sizning supergolingiz bilan boshlangandi. O'sha musobaqada terma jamoamiz o'z tarixidagi eng yaxshi natija qayd etishgandi. Nima deb o'ylaysiz, bu yilgi qita chempionatida o'sha tarixiy natijani yaxshilay olamizmi?
- Har bir o'yin tugaganidan keyin tarixga aylanadi. Menimcha, futbolchilar ilk o'yinda kerakli natijaga erishishsa va kerakli o'yinni namoyish eta olsak, o'zlariga bo'lgan ishonchni qaytarib olishadi hamda xalqimiz kutayotgan yaxshi natija bilan yurtimizga qaytib kelishadi.

- Tarkibimizga etibor qilsak bir yo'la 19 nafar futbolchi Osiyo kubogida oldin o'ynamagan. Musobaqada debyut qiladigan yigitlarga qanday maslahat berasiz?
- To'g'ri, futbolda shunday narsa bor –debyut. Lekin kuch tomonlama hech qanday muammo yo'q. O'yin boshlanganidan so'ng taxminan 5-10 daqiqada hayajon va bosim o'tib ketadi. Debyut qiladigan futbolchilarga maslahatim o'zlariga ishonishsin, shunda o'zlari xohlagan futbolni namoyish eta olishadi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика