So’nggi yangiliklar

15:18"Манчестер Сити" Ҳусановнинг рақобатчиси билан шартномани узайтирди  1 14:56АПЛ клублари ойна ёпилишидан олдин трансфер рекордини янгилаб бўлди  0 14:30"Истиқлол" стадиони сухандони провокацион эълонлар берди, "Динамо" стадиони техник ҳудудига бегона шахслар кирди, Владимир Бубанья микст-зона масаласида комиссарга эътироз билдирди — Лига комиссарлари билдиргиси  5 13:58"Ливерпуль" тарихидаги энг қиммат ҳимоячилардан бири сафдан чиқди  3 13:32Суперкомпьютер Бундеслига фаворитларини аниқлади. "Бавария" билан қайси жамоа рақобатлашади?  1 13:03АПЛнинг энг қиммат ёш футболчилари маълум. "Челси", "Арсенал" ва "Манчестер Юнайтед" топда  2 12:36Ямалдан яна бир натижа: у собиқ жамоадошининг Ла Лигадаги рекордини янгилади  0 12:12"Нефтчи" пешқадамга айланди, Файзуллаев дебют қилди, Ашурматов қачон сафга қайтиши аниқ – 21 август кунги энг муҳим хабарлар битта саҳифада   3 12:00Ўзбекистон Кубоги. "Бунёдкор" - "Бухоро" учрашуви 27 августга кўчирилди  3 11:39Эксперт фикри. Иброҳим Отахонов: "Андижон"га нафақат бугун балки кейинги ўйинда ҳам осон бўлмайди"  0 11:10"Қалдирғочлар" қаршисида "чақилмас ёнғоқ": "Қизилқум" – "Бунёдкор" учрашувини кўриш учун 7 та сабаб  2 10:50"Манчестер Юнайтед"га 21 ёшли футболчи керак  3 10:25Родригонинг вакиллари Англияда  10 10:1025 август куни ЎФФ раҳбарияти иштирокида брифинг бўлиб ўтади  0 09:52Луис Энрике: "Танқидларни тўғри тушунаман"  0

Odil Ahmedov bilan yangi mavsum oldidan Yangiliklar

Odil Ahmedov bilan yangi mavsum oldidan

Villash Boash jamoani tark etgach Ahmedov bilan rejalagan intervyumiz biroz kechga qoldirildi.

Har mavsum yakunida Ahmedov ofisimizda mehmon bo'lardi, bu safar suhbatimiz qisqa va asosan yakuniga etgan mavsumga oid bo'ldi.

XITOYDAGI FAOLIYATI HAQIDA

Aslida yangi yildan jamoam safiga borib qo'shilishim kerak edi. Lekin, jamoamizda murabbiy almashib, rejalar ham o'zgardi. Klubimizda kichik o'zgarishlar bo'ldi, Karvalyu jamoa safini tark etdi. Umuman olganda, yangi mavsum oldidan yangi murabbiy va barchasi yangidan boshlanadi. CHempionlar ligasiga hozirlik ko'rishimiz kerak, bu safar final maqsad qilinayapti. Ortda qolgan mavsumda biroz omad etishmadi. Jamoamiz yangi shakllanayotganini ham unutmasligimiz lozim. Aynan shu narsa "Guandjou"ga chempionlikda qo'l keldi. Raqibimiz ancha yildan beri bir tarkibda o'ynab kelayotgandi.


O'ZBEKISTONDAGI YANGILIKLAR HAQIDA

Meni quvontirgan holat, oliy ligada bo'layotgan o'zgarishlar. So'nggi yillarda terma jamoa safiga oliy ligadan qo'shilayotgan futbolchilarning sifatini ko'rib achinib ketdim. Men 25 yoshda oliy ligadan ketdim, 25 yoshimgacha u erda o'sishim mumkin edi. Hozir shiddatli o'yinlar kamayib ketgan. Oldimizda muhim musobaqa turibdi. Agar 2018 yilda oliy ligada bironta o'zgarish bilan futbolchilarni OK-2019ga tayyorlamasak, u erdagi natijamiz ham yomon bo'lardi. Kecha yangi reglamentni ko'rib quvongan tomonim shunda bo'ldi-ki, hech bo'lmasa so'nggi 12ta tur rosmana futbol bo'lar ekan. Ayniqsa, autsayderlar bilan o'yinda qo'lga kiritilgan ochkolarni bekor qilinishi turnir jadvalini qizdirib yuborishi aniq. Super ligada qolish uchun ham kurash qizg'in kechadi. Faqat legionerlar masalasiga jiddiy qarasak yaxshi bo'lardi. Hamma jamoadagi legionerlar ham bu maqomga mos emas. Biz o'ynagan paytdagi legionerlarni qarang, birgina jamoadoshim Boyan Miladinovich. Agar o'sha payt jarohati halaqit qilmaganida, bemalol Evropaning top jamoasida to'p tepardi. Yoki raqibimiz "Bunyodkor"dagi legionerlarchi? Gevorkyandek legionerlar kelayaptimi? Ko'r-ko'rona pul ishlatmasdan, o'sha pulni o'rinbosarlarga yoki rosmana selekcionerlar orqali legionerga ishlatish kerak deb o'ylayman. CHunki, mahalliy futbolchining o'sishi bevosita legionerga bog'liq.



MTJ MURABBIYI HAQIDA

Yaqinda O'FF Prezidenti Umid Ahmadjonov bilan ko'rishdim. Ancha suhbatlashib o'tirdik. O'z o'rnida MTJ masalasi ham chetda qolmadi. Terma jamoamizdagi faoliyatimdan qachon qoniqaman? Qachonki, biron natijaga erishsam. Hozir bizga kim bosh murabbiy bo'lishi juda muhim. Aytishlaricha, u JCHda ishlaydigan va Osiyo futbolini yaqindan biladigan murabbiy ekan. Haqiqatdan ham shunday bo'lsa bizdan keyingi avlod uchun bu juda yaxshi. Oddiy misol Lippi Xitoyni qanday kuchaytirib yuborganiga qarang yoki Keyrush. Keyrushning dasturi butun Eronda qo'llaniladi. Bizga ham shunday murabbiy bo'lsa va har bir jamoa terma jamoaga yaqin o'yin taktikalaridan foydalanib, o'sha mashg'ulotlarni o'tkazsa shunda MTJga tayyor holatda keladi.



OSIYO KUBOGI-2019 HAQIDA

Hozir qiyin vaziyat. Ko'plab tajribali futbolchilar MTJdagi faoliyatlarini tugatdilar. Osiyo Kubogiga bor yo'g'i 1 yil qoldi. SHuning uchun oliy liganing 2018 yildagi mavsumi biz uchun juda katta ahamiyat kasb etadi. Har bir klub futbolchilarining jismoniy holatlari optimal holatda bo'lsagina, biz yanvar oyida Qatardagi natijamizni qaytarishimiz mumkin bo'ladi. Buning uchun murabbiyning qo'li ham bo'lishi kerak. Terma jamoamizda 1992-96 yil avlod vakillari yo'qolib qolgan. Bu yoshlarga bo'lgan imkoniyatni oliy ligada keskin tushib ketganidan bo'ldi. Biz to'p tepgan paytimizda yoshlar ligasida ikki nafar 18 yoshli futbolchini maydonga tushishi majburiy bo'lardi. Hozir ham shuni amalga oshirish kerak.



FUTBOL MAKTABI HAQIDA

"Odil Junior" bo'yicha olib borayotgan ishlarimiz yaxshi ketayapti. Yaqinda Italiyaning "Karpi" jamoasi bilan hamkorlikni yo'lga qo'ydik. Hozir ishlarimizni kengaytirish yo'lida ish olib borayapmiz. Quvonganim, endi barcha klublarda akademiya bo'lishi kerak ekan. Ular bilan ham hamkorlik qilishni maqsad qilayapman. Yaqinda Jizzaxdagi futbol internati "So'g'diyona" klubiga o'tgani haqida eshitdim, yangi maydonga suniy chim yotqizishga ham ulgurishibdi. Albatta, bu kabi ishlar kerak. Endi Serbiya, Xorvatiya va Avstriya kabi davlat futbol klublari bilan hamkorlik qilishni o'ylab turibmiz. O'zbekistondan to'g'ridan-to'g'ri Evropaning top klubiga ketish qiyin. Yuqoridagi davlatlar esa tramplin vazifasini bajarib beradi.



Kelayotgan 2018 yil barchangiz uchun g'alabalarga boy bo'lsin.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика