So’nggi yangiliklar

19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  0 18:49Ўртоқлик ўйини. "Арсенал" "Милан"дан устун келди  3 18:10"Ман Сити" "Галатасарой" қизиқаётган Эдерсонни сотмоқчи эмас  0 18:05Мбаппе энди "Реал"да бошқа рақамда ўйнайди  2 17:47Файзуллаев нега кеча тиббий кўрикдан ўтмади? Инсон самолётда учганидан кейин дарҳол кўридан ўтса нима бўлади?  5 17:43"Динамо" ўртоқлик ўйинида Беларус клубини йирик ҳисобда таслим қилди  3 17:21Моуринью "Ман Сити"нинг қоидабузарликлари ҳақида: "Қонун бўйича 2017/18 мавсумда МЮ чемпион бўлиши керак эди"  3 16:59"Челси" 19 ёшли ҳимоячи - Хатони сотиб олмоқчи  8 16:11Уэсли Снейдер: "Салоҳни тарихдаги энг буюк футболчилардан бири деб ҳисоблаш мумкин"  2 15:49Жозе Моуринью: "Илгари кўпроқ пул топгани энг яхши мураббий деб ҳисобланарди, энди эса – энг яхши образга эга бўлгани. Бугун энг муҳими – юқори даражали пиарга эга бўлиш"  6 15:31Иванович ва Швайнштайгер тўққиз йиллик турмушдан сўнг ажрашишди  2 15:13Артета АПЛдаги рақобат ҳақида: "Лигада биздан бошқа яна 6-8 та клуб соврин учун бемалол кураша олади"  0 14:54Ўзбекистон U-23 - Саудия Арабистони U-23. Энг яхши уч футболчи ким бўлди?  2 14:26Исак унга бўлган қизиқишлар фонида "Ньюкасл"даги йиллик маошини сезиларли даражада ошириб олмоқчи, аммо...  2 14:00Снейдер Моуринью ҳақида: "2010 йилда Жозе бизни ҳар кимни мағлуб этишимиз мумкинлигига ишонтирган"  2

Odil Ahmedov akademiyasiga kirishni maqsad qilganlar diqqatiga! Yangiliklar

Odil Ahmedov akademiyasiga kirishni maqsad qilganlar diqqatiga!

Saytimiz orqali, Odil Ahmedov va Namangan shahri sport kolleji hamkorligida, "Odil Ahmedov akademiyasi" ochilayotganligi haqida xabar bergan edik.


Kuni kecha tashkiliy qo'mita azolari Namanganda bo'lib, viloyat sport qo'mitasi raisi, sport kolleji va futbol liceyi direktori, viloyat FF Vice-prezidenti bilan hamkorlikda kelajak loyihasi borasida yakuniy to'xtamga keldilar.

Unga ko'ra, 2-3 iyul kunlari Namangan viloyatidagi jamoalar o'rtasida o'rtoqlik o'yinlari bo'lib o'tadi. Hayat azolari qatorida, Osiyo chempionlarining murabbiyi Dilshod Nuraliev ham bo'ladi. Aynan u kishining tavsiyalari orqali o'rtoqlik o'yinlarida o'zini har tomonlama ko'rsatgan futbolchilarga yakuniy imtihondan o'tish uchun tavsiyanoma beriladi. Davlat imtihonlari 11-15 iyul oralig'ida bo'lib o'tadi.

Vodiydan tashrif buyuradigan boshqa jamoalar ham ko'rikda ishtirok eta oladilar. Buning uchun quyidagi telefon orqali ro'yxatdan o'tish lozim.

Akademiyaga jami 15 nafar bola qabul qilinadi.

Vodiy jamoalari quyidagi raqamga murojaat qilishlari mumkin: +99894 6394699

Namangan viloyati jamoalari, Namangan viloyati futbol federaciyasiga murojaat qiladilar.

Yakka tartibda qatnashmoqchi bo'lgan 2004 yilda tavallud topgan futbolchilar, Namangan viloyati sport kollejiga hujjat topshirishlari lozim (2004 yilda tavallud topgan istagan vodiylik futbolchi hujjat topshirishi mumkin).

Qabul 10 iyulga qadar davom etadi.

Eslatma: Qabulga topshirgan sportchi sog'lig'iga doir bir nechta hujjatlarni taqdim etishi lozim bo'ladi va u uch kundan kam bo'lmagan muddatni o'z ichiga oladi. SHuning uchun, akademiyaga kirishni istagan futbolchilar tezroq harakat qilishlari lozim bo'ladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика