OCHLni yutgan jamoada bosh murabbiy o'zgardi
24 dek 2020 20:47
Yangiliklar
OCHLni yutgan jamoada bosh murabbiy o'zgardi
Bu mavsum OCHLda g'oliblikni qo'lga kiritgan "Ulsan Xyunday" klubi murabbiylar shtabida o'zgarish ro'y berdi.
Jamoani shu paytgacha boshqarib kelgan Kim Do Xun istefoga chiqib, uning o'rnini Janubiy Koreya futboli afsonalaridan biri Xong Myung Bo egalladi. Xong Myung Bo futbolchilik faoliyati davomida Janubiy Koreyadan tashqari Yaponiya va AQSHda ham to'p tepgan. SHuningdek, JCH-2002da terma jamoa sardori bo'lgan.
"Ulsan Xyunday" garchi bu yil Osiyo chempionlar ligasida zafar quchgan bo'lsa-da, ketma-ket ikkinchi bor milliy chempionatda ikkinchi o'rinni band etdi. SHu bois klub rahbariyati keyingi yil mamlakat chempioni bo'lish maqsadida yangi murabbiyni taklif qildi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Арсенал" "Астон Вилла"нинг ғалабали сериясига нуқта қўйди. МЮ аутсайдерни мағлуб эта олмади
ОЧЛ 2 плей-офф босқичига қуръа ташланди: Роналду етакчилигидаги "Ал Насср" "Арқадағ" билан ўйнайди
Месси "Америка қироли" мукофотини қўлга кирита олмади. Уни "Фламенго" ярим ҳимоячиси ортда қолдирди
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Fikrlar