OCHLdagi o'rinlar soni kamligiga klublarimiz aybdor!
28 noy 2013 15:30
Yangiliklar


OCHLdagi o'rinlar soni kamligiga klublarimiz aybdor!
Bunda asosiy etibor TV, marketing, muxlislarning tashrifi va chipta sotuvidan tushadigan daromad, mahalliy OAV, futbolchilarning klub bilan tuzgan professional shartnomasi va unga amal qilish majburiyatlari, 3 yillik biznes dastur va mavsumdagi o'yinlar soni.
Qatar va BAAga bizdan ko'p o'rin berilganidan muxlislarimiz norozi bo'layotgan bir paytda na OAV, na klublar bunga munosabat bildirishmadi. CHunki hammamiz bilib turibmiz-ki, ayb avvalo o'zimizda. Yuqoridagi kriteriyalarning qay biri Qatar va BAAdan ustun? Sog'lom kallada, sog'lom fikr yuritamiz. Bizning "Sport TV" BAAning "Dubay Sport"idan zo'rmi? Bu birinchi savol. Ikkinchisi, qaysi klubning rasmiy do'koni bor? Uchinchisiga o'tamiz: Muxlislarning tashrifi 2013 yil 35% tushib ketdi. Davom etaman, mahalliy OAV arablarga solishtirganda tezkormi? Keyingisi futbolchilarning professional shartnomasi. Har yili 70%ga yaqin futbolchilarning maoshi nasiya bo'ladi. Qaysi klubda 3 yillik biznes dastur bor?
Men sizlarga bir narsani aytaman, buni PFL ham yaxshi biladi, ammo chora ko'rmaydi. Bizda 3 yil avval 3ta klub tuzgan biznes planni qolgan 11ta jamoa olib, klub va shahar nomini o'zgartirib qo'yib, OFKga taqdim etganlar, kechirasiz-ku, u erda ahmoqlar ishlamaydi. 14ta biznes dasturdan 10tasi bir xil bo'lganidan keyin bizga 1ta o'rin ham ko'p. Bizning klublarimiz soxtalikdan qocha olmayapti, buni ko'rib turgan PFL esa ularga jiddiy chora ko'rayotgani yo'q. "Qizilqum"dagi faoliyatim davomida rosmanasiga harakat qildim, professional tarzda OFK talablarini bajarishga, lekin u erda bunga bo'lgan qiziqish yo'q edi. "Mashal" va "Andijon" baribir oliy ligadan tushib ketyapmiz-ku qabilida ish tutishgan. "Paxtakor", "Bunyodkor", "Lokomotiv" va "Nasaf"gina bu borada jiddiy ishladilar. Lekin ularning ham biznes dasturlarida o'xshashlar bo'lgan. Endi top klublarimiz shunday qilganidan keyin... Qolgan klublarimizga OCHL so'ragan hujjatlarni professional tarzda ado etishdan manfaat yo'q. To'g'ri-da, ular OCHL yo'llanmasi uchun kurashmaydilar, nima ham qiladi ovora bo'lib.
TVdan boshqa barcha muammoni PFL qattiqqo'llik bilan bartaraf etish imkoniga ega. Lekin Magometov va uning jamoasi buyrug'iga klublarimiz amal qilishmaydi. Ularga kun o'tsa bo'lgani. Yaqinda PFL klublarni licenziyalash jarayonini o'tkazdi. Licenziyalashda ham klublar bir-biridan ko'chirmachilik qilishgan. Ikkinchi sinf o'quvchilariga o'xshaydi bizning jamoalar. Eng qizig'i shundaki, 14ta klubdan kamida 10tasida bu ishlar bilan matbuot kotiblari shug'ullanadi. Matbuot kotibi bu ishga hech qachon professional yondosha olmaydi. Axir u jurnalist bo'lsa. To'g'ri, bazi klub matbuot kotiblari allaqachon biron-bir boshqa bo'lim rahbari bo'lish darajasiga chiqishgan, ammo bundaylari nari borsa ikkita.
Agar biz ham ishlarni BAA yoki Qatarga o'xshab professional tarzda yo'lga qo'yib olsak, bemalol 4ta o'rin uchun kurasha olamiz. Kerak bo'lsa, stadionlarning sifati ham kvotalarni taqsimlashda katta rol o'ynamaydi. O'ylayapsizki, 4ta o'ringa ega chiqqan Eronning stadionlari zo'r deb. "Ozodi" stadioniga bir boring, bizda unday stadion qolgani yo'q. Saboi Qum shahriga borsangiz, bitta ham 4 yulduzlik mehmonxona mavjud emas. Lekin "Saba Batteri" OCHL yo'llanmasini qo'lga kiritsa, uy uchrashuvlarini bemalol qabul qiladi. Boisi stadion rasvo bo'lgani bilan ish to'g'ri yo'lga qo'yilgan.
Yuqoridagi kriteriyalar asosida OFK mamlakatlarga quyidagicha ballarni qo'ygan. Unga ko'ra O'zbekiston 9-o'rindan joy oldi. 2013 yil yakunlariga ko'ra finalda "Paxtakor" - "Bunyodkor" o'ynagan taqdirda ham, bizga beriladigan o'rinlar bundan ko'p bo'lmasdi.
# |
Mamlakat |
Ochkolar |
Kvotalar |
1 |
Yaponiya |
935.30 |
4 |
2 |
Eron |
908.47 |
4 |
3 |
Janubiy Koreya |
887.45 |
4 |
4 |
Saudiya Arabistoni |
869.62 |
4 |
5 |
BAA |
848.94 |
3+1 |
6 |
Qatar |
848.58 |
2+2 |
7 |
Xitoy |
843.54 |
3+1 |
8 |
Avstraliya |
804.08 |
2+1 |
9 |
O'zbekiston |
693.38 |
1+2 |
10 |
Tailand |
601.20 |
1+2 |
11 |
Hindiston |
526.55 |
0+1 |
12 |
Iordaniya |
500.89 |
0+1 |
13 |
Singapur |
438.34 |
0+1 |
14 |
Gonkong |
408.02 |
0+1 |
15 |
Ummon |
390.02 |
0+1 |
16 |
Vetnam |
301.31 |
0+1 |
17 |
Bahrayn |
253.67 |
0+1 |
P.S: Iroq va Quvayt esa bu jadvalda ochko jamg'argani haqida malumot yo'q.
Mirjalol Qosimov aytgan "qon quyish" nafaqat MTJda, balki PFL va klublarda ham amalga oshirilishi kerak.Nodirxo'ja Yuldashev.

Fikrlar