OCHL. Tantashev boshqargan o'yinda "Guanchjou" g'alaba qozondi
19 apr 2016 20:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/205414_original.jpg)
![](/upload/storage/205414_220.jpg)
OCHL. Tantashev boshqargan o'yinda "Guanchjou" g'alaba qozondi
"H" guruhidagi bugungi yagona o'yinda Luiz Felipe Skolari boshchiligidagi "Guanchjou Evergrand" Koreyada "Poxang Stilers" mehmoni bo'lib 2:0 hisobida zafar quchdi. Ushbu o'yinni o'zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib borganini takidlash lozim. Bu guruhdan o'rin olgan "Sidney" - "Urava Red Daymonds" uchrashuvi ertaga bo'lib o'tadi.
"G" kvartetida Xitoyning "SHanxay Ist Eysha" klubi muddatdan oldin keyingi bosqichga yo'llanma oldi. Sven Yoran Eriksson boshchiligidagi Xitoy klubi bugun o'z uyida Avstraliyaning "Melburn Viktori" klubini mag'lub etdi - 3:1. Guruhning ikkinchi o'yinida esa Janubiy Koreyaning "Suvon Samsung" klubi safarda Yaponiyaning "Gamba Osaka" jamoasini taslim qildi - 2:1.
"G" guruhi
"Gamba Osaka" - "Suvon Samsung Blyuingz" 1:2
Gollar: YA.Konno 89 - Santos Junior 49, 57 penalti
"SHanxay Ist Eysha" - "Melburn Viktori" 3:1
Gollar: YU Xay 38, Elkeson 40, Dario Konka 65 penalti - Makarunas 81.
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 |
SHanxay Ist Eysha |
5 |
4 |
0 |
1 |
10-5 |
12 |
2 | Melburn Viktori | 5 | 1 | 3 | 1 | 5-6 | 6 |
3 | Suvon | 5 | 1 | 3 | 1 | 4-4 | 6 |
4 | Gamba Osaka | 5 | 0 | 2 | 3 | 3-7 | 2 |
"H" guruhi
"Poxang Stilers" - "Guanchjou Evergrand" 0:2
Gollar: Goulart 33, Gao Lin 47
Hakamlar: Ilgiz Tantashev, Mamur Saidqosimov, Ruslan Serazetdinov, SHerzod Qosimov (barchasi O'zbekiston)
# | Jamoa | O' | YU | D | M | T-N | O |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 |
Sidney | 4 |
3 |
0 |
1 |
4-3 |
9 |
2 | Urava Red Daymonds |
4 | 2 | 1 | 1 | 5-3 | 7 |
3 | Guanchjou Evergrande | 5 | 1 | 2 | 2 | 5-5 | 5 |
4 | Poxang Stilers | 5 | 1 | 1 | 3 | 1-4 | 4 |
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar