So’nggi yangiliklar

01:00Сречко Катанец 62 ёшда! У ҳақида 20 та қизиқарли факт  5 00:53"Истанбул Башакшеҳир" назорат учрашувида "Рейхенау" клубини мағлубиятга учратди. Шомуродов норасмий дебют қилди  2 00:19МЮ ёзда биронта ҳам ўйинчи сотмай, трансферлардан 24 млн евро ишлаб олди  1 23:45Беллингем елкасини операция қилдирди."Реал" ярим ҳимоячиси қанча муддатга сафдан чиққани маълум  2 23:23Расман: "Атлетико" 30 млн евролик трансферни амалга оширди  0 22:59Де Паул ҳам Мессининг ёнига боради. "Атлетико" ва "Интер Майами" келишиб олишди  1 22:35"Ливерпуль" Экитике бўйича "Айнтрахт" билан музокарага киришди  1 22:11Йоахим Левга яқин манба Ўзбекистон билан музокаралар бўлаётганини тасдиқлади, мураббийга маслаҳатчи лавозими таклиф қилинган – Sport24  74 21:50Расман: Ламин Ямал янги мавсум "Барселона" сафида 10-рақамда ҳаракат қилади  3 21:29Ислом Исмоилов: "Москвада маҳаллий клублар билан назорат учрашувлари ўтказамиз"  6 21:01Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Мираброр Усмонов хотира турнирига тайёргарликни давом эттирмоқда  2 20:25Ламин Ямал янги мавсум 10-рақамда ўйнашига ишора қилди(ми?)  1 19:48Иброҳим Йўлдошев - ОКМК футболчиси  2 19:14Суперлига. Биринчи давранинг эътиборга молик 5 воқеаси   6 19:12ЖЧ2026да 4 та танаффус бўлиши мумкин  7

OCHL SHarq mintaqasi o'yinlari O'zbekistonda bo'ladimi? Yangiliklar

OCHL SHarq mintaqasi o'yinlari O'zbekistonda bo'ladimi?

Bir necha kun oldin taniqli mutaxassis Alisher Nikimbaev o'zining Telegram kanalida post qoldirdi.

Unda yozilishicha, Osiyo chempionlar Ligasining SHarq mintaqasi 2ta guruh o'yinlariga O'zbekiston mezbonlik qilishi mumkin ekan. Xabaringiz bor, kecha tunda G'arbdagi guruh bosqichining barcha uchrashuvlari o'z yakuniga etdi va muxlislar 1/8 finalga yo'l olgan baxtli 8 jamoani bilib olishdi. 

SHarqda ham 20ta klub 4tadan besh guruhga bo'lingan holda keyingi bosqich uchun kurash olib boradi va barcha guruh g'oliblari bilan birga eng yaxshi uchta ikkinchi o'rin egasi 1/8 yo'llanmasiga ega bo'ladi. Endi yana Alisher Fayzullaevich yozgan postga qaytamiz.

Agar OCHL o'yinlari bizda ham tashkil etiladigan bo'lsa, bu albatta katta tajriba maktabi bo'ladi. CHunki bilamizki, kelasi yil O'zbekiston ikkita xalqaro musobaqaga mezbonlik qiladi (Ayollar o'rtasida U-20 Osiyo chempionati va U-23 Osiyo chempionati). SHuningdek, 2023 yil U-19 Osiyo chempionatini ham bizda o'tkazish belgilab qo'yilgan. 

Pandemiya tufayli na Yaponiya, na Janubiy Koreya, na Xitoy - hech biri markazlashgan tartibdagi OCHL guruh o'yinlarini qabul qilishni xohlamayapti. Qolaversa uchala davlatda ham JCH-2022 saralash bosqichining markazlashgan o'yinlari bo'lib o'tadi. Bu uchta davlat shuning uchun bo'lsa kerak, klublar o'rtasidagi bahslarni qabul qilmoqchi emas. 

SHundan kelib chiqib OFK ikkita guruhni Toshkentga berishi mumkin. Va shunday bo'lgan taqdirda o'yinlar iyun oxirlarida (21-22 iyun) start oladi. Savol tug'iladi: ayni issiqda biz o'yin o'tkaza olamizmi? Aytaylik, soat 19:00 - 20:00 oralig'ida bahslarni boshlasa bo'ladi. Buning uchun Toshkentda yoritish tizimi yaxshi bo'lgan uchta stadion bor. SHuningdek, "Nasaf" va "Navbahor" stadionlari ham bu paytda o'yinlarga mezbonlik qilishi mumkin. 

Lekin muammo shundaki, mashg'ulot o'tkaziladigan ko'p maydonlarda chiroq yo'q. SHu bois kechki payt jamoalar shug'ullanishi kerak bo'lsa, sharoit bo'lmay qolishi mumkin. Favraz qiling, yurtimizga yapon, koreys, xitoy klublari kelyapti va bizda chiroq yo'q. Axir issiqda kim ham maydonga chiqib to'p tepadi.

Keling, shu o'rinda SHarq mintaqasidagi guruhlarga to'xtalib o'tsak.

"F" guruhi: "BG Patum Yunayted" (Tailand), "Ulsan Xyunday" (Janubiy Koreya), "Viettel" (Vetnam), pley-off g'olibi.

O'yinlar Tailandda bo'ladi. 

"G" guruhi: "Poxang Stilers" (J.Koreya), "Nagoyya Grampus" (Yaponiya), "Johor Darul Tazim" (Malayziya), "Ratchaburi" (Tailand). 

O'yinlar Tailandda bo'ladi. 

"H" guruhi: "CHonbuk Xyunday" (J.Koreya), "Gamba Osaka" (Yaponiya), "Tampines Rovers" (Singapur), "Sidney FK" (Avstraliya).

O'yinlar qaerda bo'lishi aniq emas.

"I" guruhi: "Kavasake Frontale" (Yaponiya), "Beyjing Goan" (Xitoy), "Yunayted Siti" (Filippin), pley-off g'olibi.

O'yinlar qaerda bo'lishi aniq emas. 

"J" guruhi: "Guangjou" (Xitoy), "Port" (Tailand), "Kitchii" (Gonkong), pley-off g'olibi. 

O'yinlar Tailandda bo'ladi. 


Ko'rinib turibdiki, SHarq mintaqasida 5ta guruhdan uchtasiga Tailand mezbonlik qiladi. Demak, ikkita guruh qolyapti va mana shu ikkita guruhni OFK bizga berishi mumkin. Lekin taxminimizcha, bu o'yinlarga mezbonlik qilish bizga oson bo'lmaydi. Negaki SHarqda guruh bahslari 21-22 iyundan start oladi deyilgan va bu payt bizda Superliga davom etayotgan bo'ladi. 

O'zbekiston terma jamoasi iyun oyida Saudiya Arabistonidan qaytib kelganidan so'ng taqvim quyidagicha ko'rinish qolgan:

Superliga 10-tur: 18-19-20 iyun

Superliga 11-tur: 25-26-27-28 iyun

Superliga 12-tur: 2-3-4 iyul

Superliga 13-tur: Kunlar hali aniq emas

Xullas 18 iyundan boshlab stadionlar yana band bo'ladi va bu o'rinda OCHLning ikkita guruhi ham qo'shiladigan bo'lsa hammayoq kasha bo'p ketadi. CHunki OFK OCHL bo'layotgan stadionlarda boshqalar o'ynamasin, jamoalar mashg'ulot qiladigan maydonga boshqalar kirmasin deb qolishi mumkin. SHunda o'zimizning klublar qayoqqa boradi?

Bu ketishda SHarqdagi ikkita guruh baribir SHarqning o'ziga qolsa kerak. Balki Singapur bilan Filippindamikin? Yoki bo'lmasa Malayziya va Vetnamda ham bo'lishi mumkin. OFK yana arab davlatlariga beradimi? Arablarda hamma sharoit bor, istalgan payt - xoh kechasi, xoh kunduzi o'yin o'tkazib beradi, faqat ularga SHarqning qizig'i bormikin?

Aslida OCHL SHarq mintaqasi o'yinlari biz uchun ham qiziqmi?

P.S. Alisher Nikimbaevning Telegram kanalini kuzatib boring, ko'p qiziq narsalar beriladi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика