OCHL. "SHahr Xodro" - "Paxtakor". O'yinni qaysi hakam boshqarib borishi malum
22 sen 2020 22:03
Yangiliklar


OCHL. "SHahr Xodro" - "Paxtakor". O'yinni qaysi hakam boshqarib borishi malum
Toshkentning "Paxtakor" jamoasi oxirgi turni Eronning "SHahr Xodro" klubiga qarshi o'tkazadi.
Uchrashuvni kimlar boshqarib borishi malum bo'ldi. Ertangi bahsni suriyalik Hanna Hattab boshqarib boradi. Unga qanotlarda hamyurti Ali Ahmad hamda singapurlik Ronni Koh Minlar yordamlashishadi.
OCHL-2020
6-tur, "B" guruhi
"SHahr Xodro" - "Paxtakor"
Bosh hakam: Hanna Hattab (Suriya)
Qanot hakamlari: Ali Ahmad (Suriya), Ronni Koh Min (Singapur)
Zaxira hakami: Masud Tufayeli (Suriya)
Nazoratchi: Ismoil Adnan (Iordaniya)
Eslatib o'tamiz, "SHahr Xodro" - "Paxtakor" uchrashuvi 23 sentyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:00da start oladi. Bahs "Al Janub" stadionida bo'lib o'tadi.
Shahr Khodrou FC |
AFC Champions League Grp. B . 6-tur 24/09/2020, 00:00 1
:
0
Tugadi
|
Pakhtakor Tashkent Jaloliddin Masharipov - 65' |
O’xshash yangiliklar

Fikrlar