So’nggi yangiliklar

09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  0 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  1 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  4 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  3 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0 22:40"Ал Насср" Феликсдан сўнг ЖЧ ғолибини нишонга олди  5 22:16Диас "Бавария"га 75 млн евро эвазига ўтмоқда, томонлар барчасини келишиб олишди. "Ливерпуль" вингери 4 йиллик шартнома имзолайди  6 21:48"Ювентус" машғулотларни ўтказиб юборгани учун Дуглас Луисни 40-120 минг евро жаримага тортади. Хавбек Англияга йўл олмоқчи  0 21:21"Милан" "Реал"дан Фран Гарсиянинг нархини сўради. "Қироллик клуби" эса...  0 20:56Хави Симонс Лондон клубига ўтишга тайёр  0 20:18Томас Мюллер МЛСнинг "Ванкувер Уайткепс" клуби билан фаол музокаралар олиб бормоқда  2 19:40"Ал Насср" Антони бўйича таклиф билан чиқди. МЮ вингер учун 50 млн фунт олмоқчи  4 19:14Гвардиола мўйловини ўстирди  11

OCHL. "Paxtakor" "SHahr Xodro"ni yirik hisobda mag'lub etdi Yangiliklar

OCHL. "Paxtakor" "SHahr Xodro"ni yirik hisobda mag'lub etdi

OCHL-2020 "B" guruh 2-tur doirasidagi "Paxtakor" va "SHahr Xodro" o'rtasidagi o'yin yakunlandi.

OCHL, "B" guruhi
2-tur, 17.02.2020
"Paxtakor" markaziy stadioni, Toshkent
"Paxtakor
" - "SHahr Xodro" 3:0

Gollar: Sergeev (56, 59), SHerzod Azamov (87).

Hakamlar: Dilan Perera, Gedara Palitxa, Sanjiva Premalal, Nivon Robesh (barchasi SHri-Lankadan).
Hakamlar nazoratchisi: Toru Kamikava (Yaponiya).
Komissar: Jan Xo Kvan (Koreya).

"Paxtakor": 25.Eldorbek Suyunov, 3.Hojiakbar Alijonov, 23.SHerzod Azamov, 15.Egor Krimec (S), 34.Farrux Sayfiev, 20.Odil Hamrobekov, 27.Sardor Sobirxo'jaev, 17.Dostonbek Hamdamov, 10.Dragan CHeran, 9.Jaloliddin Masharipov, 11.Igor Sergeev.
Zaxira: 35.Sanjar Quvvatov, 5.Anzur Ismoilov, 8.Asad Sobirjonov, 14.Humoyunmirzo Iminov, 92.Umar Eshmurodov, 29.Vladimir Kozak, 77.Eren Derdiyok.

"SHahr Xodro": Mahdi Rahmati, Ali Nemati, Muhammad Moradmand, Farshad Faraji, Hassan Jafari, Akbar Sodig'i, Milad Sarlak, Said Sodig'i, Muhammadg'ozi Najafabadi, Muhammadrizo Xalatbari, Ruhuloh Sayfullohi.

Zaxira: Muhammadjavad Kia, Muhammad Aqajanpur, Amin Qosiminajod, Miroslav Slavov, Hussayn Mehribon, Muhammad Faramarzi, Ali Nabizoda.


Pakhtakor Tashkent

Igor Sergeev - 56', Igor Sergeev - 59', Sherzod Azamov - 87'

AFC Champions League Grp. B . 2-tur

17/02/2020, 16:00

0
:
3
Tugadi

Shahr Khodrou FC

45'
90'
45'  Sherzod Azamov
56'  Igor Sergeev
59'  Igor Sergeev
67'  Dragan Ceran
76'  Dostonbek Khamdamov
84'  Sardor Sabirkhodjaev (Khumoyunmirzo Iminov)
87'  Sherzod Azamov
90'  Dragan Ceran (Eren Derdiyok)
90'  Dostonbek Khamdamov (Asad Sobirzhonov)
64'  Ruhollah Seifollahi (Amin Ghaseminejad)
66'  Abolhassan Jafari (Mohammad Aghajanpour)
69'  Mohammad Moradmand
84'  Saeid Sadeghi (Hossein Mehraban)

O'YIN YAKUNLANDI. YIRIK G'ALABA!

90+2. "Paxtakor"da so'nggi o'zgarish: Asad Sobirjonov Doston Hamdamovni almashtirdi.

90. Hakam ikkinchi bo'limga 4 daqiqa qo'shib berdi.

90. Arveladze navbatdagi o'zgarishni amalga oshirdi: Derdiyok CHeranni almashtirdi.

87. GOOOOLLLL!!! SHERZOD A'ZAMOVV!!!! "Paxtakor" uchinchi golni ham urmoqda. Masharipovning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'pini Azamov boshi bilan raqib darvozasiga aniq yo'lladi. 3:0 (!)

84. Raqiblar safida so'nggi o'zgarish: Hussayn Mehribon Said Sodig'ini almashtirdi.

84. Uxxx! "SHahr Xodro" o'yinchisining jarima maydonchasi ichidan bergan zarbasi "Paxtakor" darvozasi ustuniga tegdi.

84. "Paxtakor"da ilk o'zgarish: Humoyunmirzo Iminov Sardor Sobirxo'jaevni almashtirdi.

79. Sergeevv!! Igor uchinchi golni ham raqib darvozasiga kiritgan edi. Ammo, hakam bu erda offsayd borligini qayd etmoqda.

77. Doston Hamdamov hakam tomonidan sariq kartochka bilan "siylandi". "Paxtakor" yarim himoyachisi raqib o'yinchisining oyog'iga zarba berib yuborgan edi.

75. To'pga egalik qilish bo'yicha ustunlik mehmonlar tarafida: 45%-55%

Uchrashuvda urilgan gollarni kuzatib borish uchun saytimizning telegramdagi kanalimizga obuna bo'ling - KANALGA O'TISH

70. Suyunov yana bir seyv ijro etmoqda. Himoyachilar bu vaziyatda raqibga zarba berish uchun imkoniyat qoldirishgan edi.

67. Maydonda janjal yuzaga kelmoqda. Eronliklar bu vaziyatda biroz qizishib ketishgandi. Dragan CHeran va Muhammad Moradmandga bu vaziyatda sariq kartochka ko'rsatildi.

66. Raqiblar safida yana bir o'zgarish: Muhammad Aqajanpur Hassan Jafarini almashtirdi.

64. "SHahr Xodro"da o'zgarish: Ruhuloh Sayfullohi o'z o'rnini Amin Qosiminajodga bo'shatib berdi.

59. GOOOOOOOLLLL!!!! SERGEEVVVV DUBL! Hamdamov to'pni Sergeevga uzatdi va hujumchimiz bo'sh qolgan darvozani ishg'ol qildi. Jaloliddin Masharipov Hamdamovga to'pni uzatayotgan vaziyatda offsayd borga o'xshadi. Bu vaziyatda eronliklar offsayd bor deb hisoblab, to'xtab qolishgan edi.

58. Hamrobekov!!! Odil to'pni jarima maydonchasi tashqarisidan raqib darvozasiga yo'lladi. Darvozabon to'pga ulgurmagan edi, ammo zarba biroz noaniq chiqdi.

56. GOOOOLLLLLLLLL!!!! SERGEEEEEEEEEEEEEEEEEEVVVVVV!!!! Masharipov jarima maydonchasi ichiga yorib kirdi va Sergeevga qulay tarzda to'pni oshirdi. Igor esa bexato harakat qildi. 1:0

50. O'yinning ikkinchi qismini ham mehmonlar faol tarzda boshlashdi. "SHahr Xodro" mehmonda o'ynayotganiga qaramay to'p nazoratini qo'lga olishga harakat qilmoqda.

46. Ikkinchi bo'limga start beruvchi hushtak yangradi.

TANAFFUS

45+1. Hakam penalti belgilamadi. CHeranning zarbasidan so'ng to'p raqibning qo'liga tekkan edi, ammo shri-lankalik hakam bu vaziyatga etibor qaratmadi.

45. Birinchi bo'limga hakam tomonidan 2 daqiqa qo'shib berildi.

45. O'yindagi ilk sariq kartochka "Paxtakor" himoyachisi SHerzod Azamovga ko'rsatildi. Azamov raqibning qarshi hujumini qo'pollik bilan to'xtatib qolgan edi.

41. Xavfli vaziyat, xavfli zarbalar bo'yicha ustunlik eronliklar tomonida. "Paxtakor" esa biroz passivroq harakat qilmoqda.

34. "SHahr Xodro" gol urishga yaqin kelgan edi, ammo Suyunovning ikki seyvi "sherlar"ni muqarrar goldan saqlab qoldi.

30. Masharipov!! "Paxtakor" futbolchisi jarima maydonchasi ostonasidan raqib darvozasini ishg'ol qilishga urinib ko'rdi, ammo biroz noaniq.

26. Xavfli vaziyat!!! "SHahr Xodro" o'yinchisi jarima maydonchasi ichida qulay vaziyatga ega bo'lgan edi, ammo yaxshiyamki to'p uning oyog'iga yaxshi tushmadi.

Qiziqarli videolar, kutilmagan rasmlarni kuzatib borish uchun saytimizning instagramdagi kanalimizga obuna bo'ling - INSTAGRAMGA O'TISH

22. "SHerlar" "uyg'onishdi". Vakillarimiz Eron jamoasi darvozasi oldida birin-ketin xavfli vaziyatlarni sodir etishmoqda.

20. Burchakdan uzatilgan to'pni Dragan CHeran darvozaga yo'lladi, ammo to'p darvoza to'sini yuqorisidan o'tib ketdi.

20. Ilk xavfli vaziyat! Sayfievning jarima maydonchasi ichiga oshirib bergan to'piga CHerandan oldin raqib futbolchisi ulgurdi. Burchak to'pi.

18. Ha, raqib ham oldinga o'tmoqda. O'yinda hech bir jamoa ustunlik qilmayapti, ammo xavfli vaziyat hozirga qadar umuman sodir etilmadi.2

12. Hozircha jamoalar darvoza tomon zarba bermadi. "Paxtakor" ham, "SHahr Xodro" ham ko'proq ehtiyotkorlikka urg'u bermoqda.

7. Eronliklar qarshi hujumga o'tishdi va darvozamiz oldida xavfli vaziyat uyushtirishdi, ammo "Paxtakor" himoyasi bu vaziyatda bexato o'ynadi.

4. Dastlabki daqiqalardanoq "sherlar" hujumda o'z omadlarini sinab ko'rishmoqda. Vakillarimiz to'pga ko'proq egalik qilishmoqda.

1. O'yin boshlandi!

- Jamoalar maydonga chiqib kelishmoqda.

- Osiyo chempionlar ligasi-2020 guruh bosqich 2-tur doirasidagi qiziqarli kechishi kutilayotgan "Paxtakor" va "SHahr Xodro" jamoalari o'rtasidagi o'yinni birgalikda kuzatib boramiz. 

Reyting: +101   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика